Ris Jeyms: "Biz hurmatsizlik qildik"
19 apr 2025 01:17
Yangiliklar
Ris Jeyms: "Biz hurmatsizlik qildik"
"Chelsi" futbolchisi Ris Jeyms jamoasi Konferenciyalar ligasiga hurmatsizlik ko'rsatgani haqida gapirdi.
Enco Mareska shogirdlari musobaqaning chorak finalida "Legiya" maydonida 3:0 hisobida g'alabaga erishgandi. Javob o'yinida londonliklar o'z maydonida 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.
"3:0 hisobida oldinda borayotgandik, balki aynan shu sababli biz juda bo'shashdik. Biz oldinga harakatlanamiz, buni zinhor ortga qadam deb hisoblamayman.
Balki biz turnirga hurmatsizlik qilgandirmiz. Agarda o'yinga yuqori darajada tayyorlanmasang, buning to'lovini to'lashing kerak bo'ladi.
Bu kayfiyatga ham tasir qiladi. Bunday narsalar miyada qolib ketadi. Muxlislarning bu holatini tushunsa bo'ladi. Odamlar hissiyotlar bilan bizning o'yinin ko'rgani kelishadi. Bugun esa bizni tomosha qilishning o'zi og'ir edi", - dedi Jeyms.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Fikrlar