So’nggi yangiliklar

09:20"Реал Мадрид"нинг 32 ёшли футболчиси жароҳатлар сабаб фаолиятини якунламоқчи  0 08:40"Андижон" бош директори Рубин Хебайнинг жамоага келиши ҳақидаги саволга жавоб берди  1 08:08Гвардиола Чемпионлар лигасида қайси жамоага тўқнаш келишни истамаслигини айтди  10 07:31ЖЧ-2026 Саралаш. Бугун БААга қарши майдонга тушамиз  14 06:01Ёрқин Назаров: "БАА ақлли жамоа, ғалаба қозонмаслик мундиал вазифасини қийинлаштиради"  8 01:56Миллатлар лигаси. "Сўғдиёна" футболчиси иштирок этган баҳсда Уэльс зафар қучди, Украина дурангга рози бўлди ва бошқа натижалар  1 01:47Миллатлар лигаси. "Гигантлар тўқнашуви"да немисларнинг қўли баланд келди  3 01:44Миллатлар лигаси. Коло Муанининг голлари Францияга Бельгия устидан ғалабани тақдим қилди  0 01:40Миллатлар лигаси. Италия Исроилни йирик ҳисобда таслим қилди  6 01:21Гюндоган, Мюллер ва Нойер терма жамоа билан хайрлашишди  1 01:11Шченсни: "Мен қўрққан ягона футболчи Месси бўлган"  2 00:40Суперлига бош директори: "ЧЛнинг янги формати ўзини оқламаяпти"  5 22:56"Реал" "Байер"нинг 40 млн. евролик футболчисини сотиб олмоқчи  0 22:27ФФФ бренд ҳамкори: "Мухлислар Мбаппени ёқтиришмайди"  2 21:50МЮ йил бошида сотиб юборган футболчисини 20 млн. еврога қайтариб олади  5

“Real”ni qayoqqa boshlayapsiz Janob? Yangiliklar

“Real”ni qayoqqa boshlayapsiz Janob?

Murabbiylik faoliyatini o'ta omadli boshlagan Zidan ham kamchiliklardan holi emas(mi)?!

Benzemaning ustun jihatlari “Real”ga foyda keltirmay qo'ydi

O'zini “Pike” deb atagan xaker “Real Madrid”ning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlariga hujum uyushtirib, Benzema sotilayotgani haqida xabar berganda, “qaymoqranglilar” muxlislarining bir qismi buni yaxshi yangilik sifatida qabul qilishgani bor gap. Bevosita maydondagi harakatlariga aloqasi bo'lmagan bazi sabablarga ko'ra, Franciya termasiga chaqirilmayotgan Karimni endi u erda ham keragi yo'qdek. Nisbatan yoshroq va tezkorroq yangi futbolchilar etishib chiqib bo'ldi. Bir tanishim aytgandi, Benzemaning “Real” uchun juda muhim jihati, jamoaviy harakatlaridan tashqari u Ronaldoning “soyasi”da qolishga rozi. CHindan ham shunday, ammo bu chindan ijobiy sifatmikin? Benzema xatto chap qanotga o'tib harakat qilishga ham rozi, Levandovski, Suares yoki Keyndan bunday “fidokorona” harakatni kutish qiyin.


Biroq bu futbolchilar oxirgi vaqtlar Benzemadan ko'proq gol urmoqda. Aynan o'sha gollar “Real”ga hali juda kerak bo'ladi. Ronaldoning yoshi o'tib bormoqda va o'zi qanchalik istamasin, butun mavsum davomida barcha o'yinda maydonga tushaveradigan bo'lsa, jismoniy holati bundan 10 yil avvalgidagidek bo'lishi qiyin.

“Futbolchini foydalana olmagan vaziyati uchun aybdor qilish kerak emas” dedi Zidan, biroq... Hujumchi gol urmasa, uni tanqid qilmay, maqtalmaydiku! Imkoniyatidan foydalana olmagani uchun forvardni ayblab bo'lmasa, unda hech kimni hech nimada ayblab bo'lmay qoladi. Zinedin oshirib yuboryapti chamamda. Hujumchini yonini oladiganlarning aksariyati, Benzema portugaliyalik “zambarak” bilan yaxshi chiqishadi deyishadi. Lekin Benzema faqatgina vatandoshi murabbiyligiga ishonib qolmay, “Real” darajasiga mos bo'lish uchun ko'proq mehnat qilishi, ter to'kishi lozim. Sababi vaqt o'tgani sayin Ronaldo maydonda Karimsiz ham ishini qoyilmaqom qilib bajara olishi yaqqol ko'rinib qolyapti.

Peres shu erda xato qildi. U Obameyang ham, Mbappe ham “Real”ga o'tmagan taqdirda, Benzemaga o'rinbosar kim bo'lishini aniqlab olmadi. Zidan boshqa bir francuz Mbappega shu qadar ishonib qolib, boshqa variantlarni ko'rib chiqmagandi deyish Madrid jamoasiga yarashmaydigan ish bo'ladi. Endi vaziyatni yumshatish, muxlislarni chalg'itish uchun jamoa Benzema bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Axir Levandovski qachonlardir “Real” safiga o'tishni orzu qilardiku! Endi ispan klubi skautlari “Leypcig” hujumchisi Vernerni kuzatishayotgani haqida malumotlar bor. To'g'ri qilishadi, shu ketishda davom etadigan bo'lsa, “qirollik klubi” qishdayoq katta transferga qo'l urishga majbur bo'lib qolishi mumkin.

Benzema qiyin vaziyatlarda, kuchlilar bilan bahslarda o'zini ko'rsatadi va jamoaga foyda keltiradi deydiganlarga ham aytadigan gapim bor, “bekorlarni aytibsiz”.“Real” CHempionlar Ligasida zafar quchgan mavsumlar pley-off uchrashuvlaridagi gollarning 2-3 tasida ishtirok etdi xolos. Xattoki jamoa vingerlari ham bu borada hujumchidan faolroq. La Liga markaziy uchrashuvlarida ham Benzema o'zini ko'rsata olmayapti. Francuz hisobida so'nggi uch mavsumda 3tagina gol bor. Krishtianu “Atletiko” bilan bittagina o'yinda shuncha gol urgan. Bundan ko'rinib turibdiki, Zidanga jamoani qiyin vaziyatda qutqara oladigan o'yinchi kerak bo'lsa, murabbiy Benzemaga umid qilmasa ham bo'ladi.


Endi Benzema jarohatidan tuzalgunga qadar, hujum markazida Beyl va Ronaldu harakat qilishi mumkin. Ularning har ikkisi oxirgi vaqtlarda o'z mamlakati termasi safida bu ishni bajarib kelyapti, ammo bu doim ham samara keltirmoqda deb bo'lmaydi.

Mourino o'z vaqtida “Real” mashg'ulotlari boshlanish vaqti faqatgina Benzema ko'p uxlagani sabab, bir soatga surilganini bilgach, yaxshigina janjal qilgandi. Anchelotti esa Zidan bilan suhbatdan so'ng, Benzemani qabul qilgandi, biroq Karim baribir o'ziga xos xarakterini ko'rsatishdan charchamayapti – maydondan tashqaridagi janjallar, klublar, qizlar...


Zidan aslida ham Benzemani kuchli hujumchi deb hisoblaydimi?

“Real” barcha turnirlardagi 71 o'yindan buyon maydonni golsiz tark etmayapti va bu borada jahon rekordi Pelening “Santos” klubiga tegishli natija (74 uchrashuv)ni yaxshilashiga oz qoldi. Ammo bu seriyada Benzemaning xizmatlari beqiyos deb bo'lmaydi.

Futbolchi tarafdorlari uning himoyaviy harakatlarda foydali ekanligi, pressingda faol ekanligini takidlashishga shoshishlari turgan gap. O'zingizni bosing, Benzema 5-7 kilogramm vazn “tashlagandagina” bu borada faol bo'lib qolganini barcha sezib ulgurgan. Ammo ularni Benzema bevosita o'z vazifasi, gol urishda oqsayotgani xayron qoldirmayaptimi? 

Endi tasavvur qiling, hozirgi “Madrid”da o'sha Benzemaning o'rnida Suares yoki Levandovski bo'lsa, jamoa yo'qotgandan ko'ra, ko'proq narsa yutsa kerak, yoki unday emasmi? Omadli va aqlli murabbiy Zidan hali ham nega Benzema asosiy tarkibda tushaverishi zarurligini tushuntirib berolmadi. Va shu joyda Zinedin aslida yurtdoshiga qanday munosabatda ekanligini bilish qiyin. Bunga ishonish qiyin bo'lsa ham, Zidan qaysidir manoda do'stlikni, “Real” manfaatlaridan ustun qo'yayotganini ko'rishimiz mumkin. Jamoatchilik oldida Benzemani himoya qilishdan charchamaydigan Zidan, barchasidan mamnun bo'lsa qo'yidagi harakatlarni amalga oshirarmidi?

Kam uchraydigan xolat... O'sha vaziyatda o'z "maskasini" taqib ulgurmagan Zidan o'yindan so'ng, odatdagidek francuzni himoya qildi.

Ramos raqib jarima maydonida Benzemadan foydaliroq! Bu normal xolatmi? Benzema golli paslarni ham u qadar ko'p etkazib bera olmayapti. Natija qanday? Karim so'nggi pasni etkazib berishda ham, markaziy hujumchi rolida ham xavas qilgudek harakat qilolmayapti.


Bu safar
Zidanning qaysarligi “Real”ga qimmatga tushadimi?

Jarohat sabab Benzema maydonga tusha olmaydi. Agar shunday bo'lsa, Moratani sotib, o'rniga hech kimni olmagan Peres va Zidan bosh aybdorga aylanishadi!

Agar “Real” yaqin olti haftani Benzemasiz ham ishonchli o'tkaza olsa, yana Zidan xato qilgan bo'ladi. Axir aynan u Benzemani sotmaslikka Peresni ko'ndirdi. Har ikki variantda ham Zidan xatoga yo'l qo'ygan bo'lib chiqmoqda. CHempionlik titulini himoya qilishda “Real”ga Ronaldo yordam bera olmaganda gol uradigan boshqa bir futbolchi juda zarur bo'ladi. Ammo top darajadagi hujumchi tarkibda ko'rinmayapti.

Uzoq masofalarda (yani butun mavsum davomida) yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanadigan hujumchi g'alabalarda muhim rol o'ynaydi. Ha, Ronaldo CHempionlar Ligasi pley-off bosqichiga kelib, jismoniy holatini “pik” darajaga olib chiqishiga, jaxl bilan muhim gollar urishiga o'rganib qolganmiz. Ammo hujum markazida o'ynayversa Krishtianuda ham muammolar paydo bo'la boshlaydi va u nisbatan kamroq foyda keltiradi. U baribir oldinda turib, ortiqcha harakatsiz, yaratilgan vaziyatni golga aylantiradigan futbolchilar tipiga kirmaydi. Tunov kungi Beyl bunga yorqin misol. Avvalgi mavsumdan farqli o'laroq, endi qiyin pallada Morata kabi futbolchi yordamga kelmaydi.

Bir qarashda Karim kuchli forvard, u shu qadar kuchliki, gol ura olmaslik qiyinroq bo'lgan vaziyatda ham u bu ishni uddalay oladi. Karim bir necha kilogramm ortiqcha (!) vazndan qutulganining o'zi bayramdek. CHindan, professional sportchi ortiqcha vaznidan qutulishi katta yutuq-ku axir. Yilda bir marta “Atletiko”ga qarshi o'yindagidek, jarima maydoniga kirib borib, Iskoga golli uzatma etkazib bersa bo'ldida.

Benzema – jahon darajasidagi futbolchiligiga hech kim shubha qilmaydi. Ammo eng foydalilari qatoridan joy olishiga shaxsan mening shubham bor.

“Real”shubhasiz ideal hujumchiga loyiq jamoa, biroq Benzema boshqa “mahallaning bolasi”ku. SHu narsani tushunib turgan Zidan unga o'rinbosar, raqobatchi olib kelmaslikka qaror qildi. Va zaif nuqtalari (deyarli) yo'q “Real”ga endi boshlangan mavsumda aynan Benzema faktori qimmatga tushishi mumkin. Benzema yomon hujumchi emas, biroq u “Real” asosiy tarkibiga loyiqmi?

Ko'rib turganingizdek, Zidan ajoyib do'st va yaxshi ota – shuncha ishning orasida Luka (Zidan) “Real” asosiy jamoasiga qo'shilib oldi. Natijalar qoniqarli bo'lar ekan bunday narsalarga jiddiy etibor berilmaydi, ammo...

Eng yomoni hozirgi “Real” butkul Benzemasiz o'yin taktikasiga ham ega bo'lmasa kerak. “Barselona” to'rt ochkoga qochirib yuborildi, CHempionlar Ligasi pley-off bosqichida bir nima bo'lib, Ronaldo “qutqaruvchi” vazifasini bajara olmasa nima bo'ladi?

P.S: Muallifning maqsadi Zidan, yoki "Real"ni kamsitish, yomon ko'rsatish, yoki shunga o'xshash biror niyati bor deganlarga :)

Super Zidan yoxud 6/9 (https://championat.asia/uz/uzb/news/169767) o'qishni tavsiya qilamiz!

Reyting: -18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика