"Real" Vaskesga yangi shartnoma taklif qilmaydi. U jamoadan ketishi mumkin
28 mar 2020 14:22
Yangiliklar
"Real" Vaskesga yangi shartnoma taklif qilmaydi. U jamoadan ketishi mumkin
Yarim himoyachi Lukas Vaskes yozda "Real"dan ketishi mumkin.
Madrid klubi o'z tarbiyalanuvchisiga yangi shartnoma taklif qilmoqchi emas. Uning amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar mo'ljallangan.
Vaskes yozda 29 yoshni qarshilaydi. "Real" boshqaruvchilari uning kelajagini muhokama qilish uchun mavsum yakunlangandan so'ng uchrashuv o'tkazishmoqchi.
Futbolchida ikkita variant bor - shu yozda ketish yoki yana bir mavsum "Real"da qolib, undan so'ng 2021 yilning yozida erkin agent sifatida boshqa klubga o'tish.
Vaskes joriy mavsum "qirollik klubi" tarkibida 18ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 1ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar