"Real" vakillari Neymar bilan suhbatlashdi va undan "Barselona"dan ketishi haqida ochiqchasiga elon qilishni so'ramoqda
05 fev 2016 15:18
Yangiliklar
"Real" vakillari Neymar bilan suhbatlashdi va undan "Barselona"dan ketishi haqida ochiqchasiga elon qilishni so'ramoqda
Malumotlarga ko'ra, "Real" agentlari Braziliya terma jamoasi futbolchisining otasi bilan bog'lanib, "Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres uning o'g'liga qiziqish bildirayotganini malum qilishdi. SHu bilan birga, ular Neymardan "Barselona"ni tark etishi haqida ochiqchasiga elon qilishni so'rashdi.
Florentino Peres amalga oshirmoqchi bo'layotgan transfer operaciyasi 400 mln. evroga tushadi. Neymarga yillik maoshi 35 mln. evro bo'lgan 5 yillik shartnoma va yana 30 mln. evro bonus taklif qilinmoqda. Peres futbolchining transfer huquqini sotib olish uchun 190 mln. evro to'lashga tayyor. Bu mablag'ni "Manchester Yunayted" ham taklif qilmoqda.
Peres Neymarning "Santos"dan "Barselona"ga o'tishi borasidagi muammolarni hisobga olib, muvaffaqiyatga umid qilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar