"Real Sosedad" futbolchisi "Barselona"ga o'tishga rozi bo'ldi
04 avg 2017 15:25
Yangiliklar
"Real Sosedad" futbolchisi "Barselona"ga o'tishga rozi bo'ldi
"Barselona" murabbiylar shtabi himoya chizig'ini kuchaytirmoqchi.
Malumotlarga ko'ra, "Real Sosedad" himoyachisi Inigo Martines Beridi Kataloniya klubi safini to'ldirishi mumkin. 26 yoshli futbolchi "Barselona"ga o'tishga rozi va bu haqda San-Sebastyan klubi rahbariyatini malum qildi.
"Barselona" futbolchining shartnomasida belgilangan tovon puli bandini faollashtirmoqchi. Kataloniya klubi Inigo Martines uchun 32 mln. evro to'lashiga to'g'ri keladi.
"Barselona" bosh murabbiy Ernesto Valverdening fikricha, ispaniyalik yuqori darajali klubda to'p tepishga tayyor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar