“Real” Solari qo'l ostidagi Iskosiz 6 ta o'yinda g'alaba qozondi
14 jan 2019 07:53
Yangiliklar
“Real” Solari qo'l ostidagi Iskosiz 6 ta o'yinda g'alaba qozondi
“Real Madrid” kecha La Liganing 19-turida safarda “Betis”ni 2:1 hisobida taslim qildi.
Luka Modrich va Dani Sebaloslarning gollari Madrid klubiga g'alaba keltirdi. Uchrashuvda Isko zaxirada qoldirildi. Opta’ning yozishicha, “Real” Santyago Solari kelgandan so'ng Iskosiz 6 ta o'yinda 6 ta g'alabaga erishdi. Bungacha esa Madrid klubi Isko o'ynagan 11 ta o'yinning 7 tasida g'alaba qozongan.
“Betis” bilan uchrashuvdan so'ng “Real” 33 ochko bilan musobaqa jadvalida 4-o'ringa ko'tarilib oldi va uchinchi o'rindagi “Sevilya”ga etib oldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar