"Real" PSJga qarshi o'yin oldidan jiddiy yo'qotishga uchradi
17 sen 2019 13:00
Yangiliklar
"Real" PSJga qarshi o'yin oldidan jiddiy yo'qotishga uchradi
"Real" himoyachisi Marselo CHempionlar Ligasi 1-tur doirasidagi PSJga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.
Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Tajribali futbolchi "Levante" (3:2)ga qarshi o'yinda bo'ynidan olgan jarohati tufayli nomalum muddatga safdan chiqdi.
Tez orada uning o'rnini yozda "Lion"dan sotib olingan Ferlan Mendi egallashi kutilmoqda.
Marselo joriy mavsum "Real" safida 3ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assistga erishgan.
PSJ va "Real" o'rtasidagi o'yin ertaga Toshkent vaqti bilan soat 23:55da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar