"Real" "Napoli" futbolchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi
03 apr 2020 16:54
Yangiliklar
"Real" "Napoli" futbolchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi
"Napoli" yarim himoyachisi Fabian Ruisning agenti Alvaro Torres futbolchining xizmatlariga "Real" qiziqayotganligini aytdi.
- Ko'plab katta klublar Ruisga qiziqish bildirmoqda, sababi u uchinchi mavsumdirki yuqori saviyadagi o'yin namoyish etmoqda.
Bu to'g'ri, "Real" unga qiziqish bildirmoqda. Biz bu haqda "Napoli"ga xabar berdik, ammo Ruis hozirda asosiy etiborini jamoasiga qaratgan. Ko'ramiz, yozda nima bo'larkin, - deydi Torres.
Ruisning "Napoli" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
Ispaniyalik futbolchi joriy mavsum A Seriyada "Napoli" safida 22ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar