"Real" MYU futbolchisi uchun 145 mln. evro to'lamoqchi
30 mar 2019 12:31
Yangiliklar
"Real" MYU futbolchisi uchun 145 mln. evro to'lamoqchi
"Real" "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbani xarid qilishga urinib ko'radi.
Malumotlarga ko'ra, "Qirollik klubi" yozda 26 yoshli futbolchini 145 mln. evro evaziga "qizil iblislar"dan sotib olmoqchi. Franciyalik "qaymoqranglilar"ning mavsumlar oralig'idagi asosiy transfer maqsadlaridan biri bo'ladi.
Pogba joriy mavsum MYU safida 37ta uchrashuvda maydonga tushib, 14ta gol urdi va 11ta golli pas berdi. Polning bozor narxi 90 mln. evroni tashkil qiladi. Futbolchining mankunianlar bilan shartnomasi 2021 yilning yozigacha amal qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar