"Real" Kurtua va Azardan so'ng yana bir "CHelsi" futbolchisiga ko'z tikmoqda
13 sen 2019 12:26
Yangiliklar
"Real" Kurtua va Azardan so'ng yana bir "CHelsi" futbolchisiga ko'z tikmoqda
"CHelsi" yarim himoyachisi Ngolo Kantega "Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan qiziqish bildirmoqda.
Madrid klubi keyingi yili franciyalik xavbek bo'yicha "ko'klar"ga taklif bilan chiqmoqchi.
Bundan tashqari "Real" PSJ forvardlari Kilian Mbappe va Neymarga, shuningdek MYU xavbeki Pol Pogbaga ham qiziqishda davom etmoqda.
"CHelsi" ham Kantega madridliklar qiziqayotganligidan xabardor.
Jamoaning sobiq futbolchilari Tibo Kurtua va Eden Azarlar suhbatlarida "Real"da Kantedek o'yinchi yo'qligini takidlashgan.
Kantening "aristokratlar" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan. Uning bozor narxi 100 million evroni tashkil etadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar