“Real” juma kuni Ernandesning taqdimotini o'tkazadi
05 iyu 2017 02:01
Yangiliklar


“Real” juma kuni Ernandesning taqdimotini o'tkazadi
Teo Ernandes “Real” bilan shartnomaga imzo chekish maqsadida Ispaniya poytaxtiga tashrif buyurdi.
Futbolchning transferi 26 million evroga baholanmoqda.
“Qirollik klubi” SHimoliy Amerika bo'ylab turnega chiqishi oldidan yangi futbolchini “Santyago Bernabeu”da taqdimot marosimi bo'lib o'tishi kutilmoqda.
Teo Ernandesni “Barselona” ham o'z safiga chorlagandi. Kataloniyaliklar “Atletiko” Madrid futbolchisiga besh yillish shartnoma taklif qilishgan va unga ko'ra Teo kataloniyaliklar safida 35 million evro ishlab topishi kutilgandi. Ammo futbolchi “qirollik klubi”ni tanladi.
Takidlash joizki, joriy mavsumda “Alaves” tarkibida ijara asosida to'p tepgan futbolchi jamoasi tarkibida barcha turnirlarda 38 ta uchrashuvda ishtirok etdi va 2 ta gol urish bilan birga, 4 ta golga hammualliflik qildi.
O’xshash yangiliklar
02:02
La Liga. Mbappening penaltidan kiritgan goli "Real Madrid"ga ilk turdagi g'alabani taqdim etdi 51

Fikrlar