"Real" Jiruni xarid qilish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda
27 iyu 2022 11:40
Yangiliklar
"Real" Jiruni xarid qilish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda
Madridning "Real" klubi Karim Benzema o'rinbosarsiz qolsa, "Milan" hujumchisi Olive Jiruni taklif qilish variantini ko'rib chiqishmoqda.
Jamoa ushbu yozda Mariano Dias, Marko Asensio va Borxa Mayoral bilan xayrlashishi mumkin. Agar shunday bo'lsa, "Real" "Milan" hujumchisining transferi bilan shug'ullanadi.
Italiya klubi "Liverpul"dan Divok Origini xarid qilganidan so'ng Jiruning italyan jamoasida asosiy tarkibga kirishi so'roq ostida qoldi.
Jiru o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 29ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 3ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
02:57
La Liga. Mbappe va Rodrigoning goli "Real"ga mehmonda "Alaves" ustidan g'alabani taqdim etdi 20
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar