“Real” Hakimi masalasini ortga surdi
04 apr 2020 07:05
Yangiliklar
Koronavirus pandemiyasi sabab “Real” Ashraf Hakimi bilan yangi shartnoma masalasini qoldirib turishga qaror qildi. Avvalroq “Qirollik klubi”ning Hakimi bilan shartnomani 2025 yil yoziga qadar uzaytirishi haqida xabar berilgandi. Endi ehtimoliy moliyaviy qiyinchiliklar sabab ushbu masala keyinroq hal etiladi.
“Borussiya” Dortmundda ijara asosida harakat qilayotgan marokashlik futbolchining “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yil yozida yakuniga etadi.
Fikrlar