“Real” Florentino Peres rahbarligidagi 900 o'yinini o'tkazdi
17 mar 2019 01:42
Yangiliklar
“Real” Florentino Peres rahbarligidagi 900 o'yinini o'tkazdi
72 yoshli prezident qo'l ostida “blankos”lar 596ta g'alabani qo'lga kiritib, 151ta durangni qayd etgan. Qolgan 153 bahsda esa raqiblarning qo'li baland kelgan. Peresning “Real”dagi faoliyati davomida jamoa turli musobaqalarda 24ta sovringa ega chiqdi. O'yinlar va titullar borasida u faqatgina Santyago Bernabeu Yestedan ortda qolmoqda.
Bernabeu “qaymoqranglilar”ni 1943-1978-yillari boshqargan. Uning davrida “Real” 1407 bora maydonga tushib, 811 g'alaba, 272 durang va 324 mag'lubiyatni qayd etgan. SHuningdek, jamoa 35ta sovrinni o'ziniki qilib olgan.
Eslatib o'tamiz, Peres 2000-2006-yillarda “Real” prezidenti sifatida ilk marta faoliyat olib borgan bo'lsa, 2009-yilda o'tkazilgan saylovda g'olib chiqib ikkinchi marotaba “blankos”lar rahbariga aylangan.
Fikrlar