"Real" darvozaboni "Valyadolid"ga o'tadigan bo'ldi
12 avg 2019 16:26
Yangiliklar
"Real" darvozaboni "Valyadolid"ga o'tadigan bo'ldi
"Real" posboni Andrey Lunin faoliyatini "Valyadolid"da davom ettiradi.
Klub 20 yoshli ukrainalik posbonning ijarasi borasida kelishuvga erishdi.
Bitim 1 yilga tuziladi. Lunin "Real"dan o'tgan mavsum yozda Luganskning "Zarya" klubidan o'tgan edi.
Darvozabon o'tgan mavsumni ijara asosida "Leganes"da o'tkazgan va chempionatda 5ta o'yinda maydonga tushgan.
Uning "qaymoqranglilar" bilan tuzgan shartnomasi 2024 yil yoziga qadar mo'ljallangan.
Qayd etish kerakki, "Valyadolid"ning bosh akcioneri "Real" va Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Ronaldu hisoblanadi.
Fikrlar