So’nggi yangiliklar

10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  0 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   0 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  1 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  10 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  2 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  5 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  21 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  3 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  2

Rayola Donnarumma haqida: "Hamon "Milan" muxlislaridan uzr so'rashlarini kutayapman" Yangiliklar

Rayola Donnarumma haqida: "Hamon "Milan" muxlislaridan uzr so'rashlarini kutayapman"

"Milan" darvozaboni Janluiji Donnarumma va hujumchisi Zlatan Ibragimovichning agenti Mino Rayola A Seriya 21-turi doirasida "Breshia" ustidan qozonilgan g'alaba (1:0)dan keyin "Milan"dagi holat haqida gapirdi.

"Ibragimovichning qaytishi? U jamoa uchun eng yaxshi bo'lgan ishlarni qilishga harakat qilmoqda. Umid qilaman, uning faoliyati hech qachon yakunlanmaydi. Agar bu qachondir ro'y bersa ham, u Evropaning eng zo'r jamoalaridan birida faoliyatini tugatadi.

Menga "Milan" loyihasi yoqmaydi. CHunki, bu butun dunyo biladigan "Milan" deb o'ylamayman. Va bu Maldini va Boban (klub boshqaruvchilari) orzu qilgan klub deb o'ylamayman. Katta ehtimol, "Xedj fond Elliott" ("Milan" xo'jayinlari) ham xuddi shunday fikrda. Men ular bilan hech qachon gaplashmaganman. Lekin, ular "Milan"ni aynan shunday ko'rishayotgan bo'lishsa, unda ularga klubni sotib oladigan mijoz topishlarini maslahat beraman.

Donnarumma? Hamon meni ayblagan va menga tahdid qilgan muxlislardan uzr so'rashlarini kutayapman. Janluijining shartnomasi yana 2 yil amalda bo'ladi. Men uni ketishi bilan bog'liq hech qanday mash-masha yaratmoqchi emasman", - deya Rayolaning so'zlarini keltirdi "Sport Italia".



A Seriya 21-turi doirasida "Breshia" bilan bahs (1:0)da 7ta seyvni amalga oshirdi va darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Bu 20 yoshli kiper uchun joriy mavsumdagi sakkizinchi quruq o'yin.

"Milan" A Seriyada 31 ochko bilan 6-pog'onada bormoqda.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика