So’nggi yangiliklar

01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  0 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   2 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  13 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  5 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  9 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  167 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  53 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  8 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3

La Ligada mavsum boshlanmadi, ammo birinchi istefo kim bo'lishi malum Yangiliklar

La Ligada mavsum boshlanmadi, ammo birinchi istefo kim bo'lishi malum

Iraolaning ketishi va etakchilarning sotib yuborilganini "Kampo-de-Valekas" "unutishi" qiyin bo'ladi.

Ispaniya chempionatida uch klub borki, ularda rahbariyat va menedjment emas, o'z vazifasidan tashqari o'sha rahbarlarning va menedjmentning ishini ham qoyillatadigan bosh murabbiy hisobiga faoliyat yuritadi.

Bular "Atletiko de Madrid", "Xetafe" va "Rayo Valekano".

Birinchisi tushunarli bo'lsa kerak: Diego Simeone klubdagi kamchiliklarni ustalik bilan berkitib ketadi va natijalar evaziga odatda, boshdan baland sakraydi. SHunga o'xshash tarifni Pepe Bordalas qiyin vaziyatda qutqarib qolgani "Xetafe" haqida aytish mumkin.

O'zi ishlayotgan klub rivojiga Andoni Iraola ham ulardan kam hissa qo'shmasdi. Ko'pchilik uni (Xose Luis Mendilibar ketishni istamayotgan) "Sevilya" darajasigacha ko'tariladi yoki hech bo'lmasa, Ernesto Valverdening "ketmoni uchmayotgan" "Atletik"ka qaytadi deb kutgandi.

Ammo Iraola APLga yo'l oldi va "Bornmut" boshqaruvini o'z qo'liga oldi. "Rayo Valekano" esa o'z yog'ida qovurilishiga to'g'ri keladigan bo'ldi. Baskning o'rnini Fransisko Rodriges egalladi. U hali ham yoshroq, lekin umidli yoshlardan hisoblanadi. 

To'g'ri, Fransisko va Iraola o'rtasida o'xshash jihatlar bor – har ikki murabbiy tezkor hujumlar bilan dinamik futbolni xush ko'radi va mayda paslar bilan qanotlarni "ochish"ga urg'u qilinadi.

Ammo, lekin, biroq... Muammo shundaki, Fransisko Iraolani to'laqonli ravishda alishtira olmaydi. Bu haqida u o'z taqdimotida ham aytib o'tdi: "Yangi ishim haqida odamlar nima deyayotgani meni qiziqtirmaydi. Odamlar ketganimdan keyin nima deyishlari menga qiziqroq".

Ushbu voqea esa o'zini uzoq kuttirmaydigan ko'rinadi. Sababi mavsum boshlanib ulgurmay "Rayo" muhim futbolchilari bilan xayrlashdi – himoyachilardan Lejen, Alexandro Katena va Fran Garsiyadan, Mario Suares, Komesanya va Kamelogacha.

Bu asosiy tarkibning yarmidan ko'p degani. Tabiiyki, sport menedjmenti shoshilinch ravishda "teshiklar"ni yopishga tushdi (misol uchun "Osasuna"dan Aridane Ernandez, "Levante"dan Xoni Montiel olib kelindi), ammo mavsum startigacha David Kobeno juda ham istasa ham tarkibni "to'ldirib" ulgurmaydi.

Fransisko esa bu qiyin vaziyatdan chiqishiga to'g'ri keladi. O'zi shundoq ham qudratli bo'lmagan va Iraolaning topqirligi evaziga "kun ko'rib yurgan" "Rayo Valekano"ning esa La Liganing aksariyat klublari singari, CVC moliya fondi bilan yaxshilab o'ylamay tuzilgan kelishuv oqibatida moliyaviy muammolari yanada ortgan.

Iqtidorli murabbiy sinib qolishini istamagan bo'lardik, lekin vaziyatga real qarasak, Fransiskoning istefo borasida birinchi bo'lish imkoniyati ancha yuqori.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика