So’nggi yangiliklar

16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  2 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  2 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  4 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2

Ravshan Haydarov: "Birinchi o'yindagi g'alaba nihoyatda muhim edi" Yangiliklar

Ravshan Haydarov: "Birinchi o'yindagi g'alaba nihoyatda muhim edi"

Biroz oldin Osiyo o'yinlari-2018 futbol bellashuvlari 1-turi doirasida O'zbekiston terma jamoasi Bangladeshni mavg'lub etdi - 3:0.

Uchrashuvdan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida birinchi bo'lib Ravshan Haydarov jurnalistlar savollariga javob qaytardi. Unga yarim himoyachi Ikrom Aliboev hamrohlik qildi. MOQ matbuot xizmati Haydarov va Aliboevning fikrlarini chop etdi.
Ravshan Haydarov: "Avvalo muxlislarimizni musobaqa startidagi yirik g'alaba bilan tabriklayman. O'yin to'liq nazoratimiz ostida o'tdi. To'p bilan ko'proq muomalada bo'ldik. Hisob ham shunga yarasha bo'ldi. Birinchi o'yindagi g'alaba nihoyatda muhim edi. Buni uddalay olganimizdan xursandman.

Bangladesh terma jamoasi ayniqsa birinchi bo'limda juda iliq taassurot qoldirdi. Bir necha xavfli qarshi hujumlar tashkil etishdi. Ammo tan olish lozim bangladeshliklar ikkinchi bo'limda biroz charchab qolishdi. Biz o'yinga rejalashtirgan strategiyani to'liq bajardik deb ayta olaman.



Qatar va Tailand termalariga qarshi navbatdagi o'yinlarga ham reja asosida tayyorgarlik ko'ramiz. Musobaqa taqvimi ancha zich tuzilgan. Biz ham shundan kelib chiqib tayyorgarlik rejasini ishlab chiqqanmiz. Navbatdagi bahslarda ham g'alaba qozonib, muxlislarimizni hursand qilish niyatidamiz".

Ikrom Aliboev: "Har doim birinchi o'yin qiyin bo'ladi. Hozir hamma futbol o'ynashni o'rganib olgan. Buni bugungi o'yin ham ko'rsatib berdi. O'yin avvalida biroz qiynaldik, ammo keyinchalik nazorat to'liq biz tomonga o'tdi. O'zbekistonlik futbol muxlislarini ushbu g'alaba bilan tabriklab qolaman".

Reyting: +123   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика