So’nggi yangiliklar

17:08Футзал. Ўзбекистон Фаластинни тор-мор этди  2 17:00Суперлига. "Хоразм" — "Қўқон-1912" 0:0 (матнли трансляция)  1 16:41Рубен Санчес: "Мухлисларимизни яна бир бор ранжитишга ҳаққимиз йўқ эди"  0 16:02Тимур Кападзе Хитой мураббийи бўлиши ҳақидаги саволга аниқ жавоб берди  30 15:18"Ливерпуль" — "Эвертон". Мерсисайд дербиси учун таркиблар маълум  8 14:12"Шўртан" ва "Пахтакор" ўртасида нурсиз дуранг қайд этилган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 13:45ОКМК "Бунёдкор"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 12:40Тез орада Хитой бош мураббийи эълон қилинади, якуний уч номзод орасида Кападзе бор  34 12:02Хуршид Ғиёсов: "Терма жамоадан чақирув олсам хурсанд бўламан ва ватан учун боримни бераман"  12 11:35"Барселона" де Йонг билан янги шартнома борасида музокаралар олиб бормоқда  3 11:16Авазбек Ўлмасалиев: "Буёғига Суперлигада осон баҳслар бўлмайди"  0 10:47АПЛнинг учта жамоасига "Реал" футболчиси керак  13 10:20Неймар яна жароҳат олди  6 09:53Романо Мессининг "Интер Майами"даги келажаги ҳақида фикр билдирди  2 09:25Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  0

Ravshan Ermatov Saudiya Arabistonining favqulodda va muxtor elchisi bilan uchrashdi Yangiliklar

Ravshan Ermatov Saudiya Arabistonining favqulodda va muxtor elchisi bilan uchrashdi

Teglar :  Ravshan Ermatov
Joriy yil 23 oktyabr kuni O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov Saudiya Arabistoni podshohligining O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Xisham Meshaal Suvaylem al-Suvaylem boshchiligidagi delegaciyani qabul qildi.

Sir emas, sport avvalo millatlar va elatlar o'rtasida madaniy xilma-xillik, davlatlararo va madaniyatlararo muloqot rivoj topishi, milliy merosni saqlash, ijtimoiy aloqalarni mustahkamlash orqali jamiyatni barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.

O'zbekiston va Saudiya Arabistoni o'rtasida o'zaro do'stona aloqalar yo'lga qo'yilgan bo'lib, bugungi kunda ushbu hamkorlik sport sohasida ham tobora rivoj topmoqda. Bu jihatlar O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligida o'tkazilgan yig'ilishda ham alohida etirof etildi.

Uchrashuvda Ravshan Ermatov Jismoniy tarbiya va sport vazirligi faoliyati haqida to'xtalar ekan, mazkur tashkilot jismoniy tarbiya va sport sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanishi, qolaversa, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev tomonidan yoshlar manaviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning ikkinchi yo'nalishi bevosita jismoniy tarbiya va sport sohasiga qaratilgan bo'lib, unda yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo'naltirish belgilangani, o'tgan davr mobaynida bu borada muayyan ishlar amalga oshirilganligini takidladilar.

Saudiya Arabistoni podshohligining O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi bilan uchrashuvda bir qator masalalar, jumladan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan Saudiya Arabistoni podshohligining Sport boshqarmasi o'rtasida jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlik qilish maqsadida ishlab chiqilgan memorandumni saudiyaliklar tomonidan ko'rib chiqilishini tezlatish, ikki davlat sportchilarini xalqaro musobaqalarga tayyorlash uchun sport turlari bo'yicha qo'shma o'quv-mashg'ulotlar yig'inlarini tashkil etish kompleksini ishlab chiqish, Saudiya Arabistoni tajribasini o'rgangan holda O'zbekistonda ot sportini rivojlantirish bo'yicha qo'shma loyihalarni amalga oshirish, Saudiya Arabistonida milliy sport turimiz bo'lgan kurashni yanada rivojlantirish, buning uchun podshohlikni malakali trenerlar bilan taminlash va qo'shma o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazish borasida o'zaro fikr almashildi.

Reyting: -11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика