So’nggi yangiliklar

13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 13:18Суперлига. Плей-офф: "Арал" – "Бухоро". Таркиблар маълум   7 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  13 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  3 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

Ravshan Ermatov O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi bilan uchrashdi Yangiliklar

Ravshan Ermatov O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi bilan uchrashdi

Xabaringiz bor, joriy yilning sentyabr-oktyabr oylarida Kuvaytda futzal bo'yicha Osiyo Kubogi musobaqasi bo'lib o'tadi.

"Mazkur qita birinchiligida O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi. 

Bugun O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov ushbu musobaqa oldidan tayyorgarlik jarayoni bilan tanishish, murabbiylar shtabi va futzalchilar bilan suhbatlashish maqsadida terma jamoa istiqomat qilayotgan mehmonxonaga tashrif buyurdi. Uchrashuvda O'FA tomonidan futzalchilarimizga oldinda turgan yirik turnirga sifatli va tizimli tayyorgarlik ko'rishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilayotgani va murrabiylarning rejasi asosida tayyorgarlik jarayonlari davom etayotganligi takidlandi. 

Suhbat davomida Ravshan Ermatov Jahon chempionatida qayd etilgan natija jamoamizga katta tajriba bolgani, murrabiylar shtabi tomonidan ishlab chiqilgan tayyorgarlik rejasi futzalchilar tayorgarligiga asos bolishi va muxlislar terma jamoamizdan faqat yuqori natijalarni kutib qolishi haqida takidlab o'tdi.

SHuningdek, Bahodir Ahmedov boshchiligidagi murabbiylar shtabi va futzalchilar bilan jamoaning ayni paytdagi holati va imkoniyatlari xususida suhbatlashildi. 

Eslatib o'tamiz, Kuvaytda bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogida vakillarimiz "B" guruhidan joy olgan bo'lib, guruhda Bahrayn, Tojikiston va Turkmaniston terma jamoalariga qarshi to'p tepishadi. 

Jamoa 18 va 20 avgust kunlari Osiyo Kubogi mezboni Kuvayt terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etishi rejalashtirilgan", – deyiladi O'FA xabarida.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика