So’nggi yangiliklar

10:41Италиянинг Молдова ва Норвегияга қарши баҳслар учун қайдномаси маълум қилинди  0 10:12Суперлига. Бугун бизни учта учрашув кутиб турибди  4 09:49"Пахтакор" афсонаси, собиқ футболчиси Тўлаган Исоқов вафот этди  8 09:43А Сериянинг октябрь ойидаги энг яхши футболчиси ва мураббийи маълум қилинди  0 09:14ОКМК "Навбаҳор"ни мағлуб этган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:45Португалия терма жамоаси ЖЧ саралаш учрашувлари учун қайдномасини эълон қилди  3 08:29Суперлига. ОКМК – "Навбаҳор" 3:1   0 08:16Sofascore. Туркияда тўпурарга айланиб олган Шомуродов кечаги баҳсда қандай баҳога лойиқ кўрилди?  8 07:47U-17 ЖЧ. Осиё жамоаларидан ҳар хил натижалар. Кечаги кун натижалари билан танишинг  0 07:15U-17 ЖЧ. Ўсмирларимиз бугун Ирландияга қарши баҳс олиб боради  8 00:50Арне Слот: "Барқарор ўйин кўрсатаётганимизда ҳам мағлуб бўлдик"  0 00:31Саудия Арабистони. Дубль, иккита қизил, иккита автогол: "Ал Ҳилол"дан иродали ғалаба  3 00:15Лапорта "Камп Ноу" ҳақида: "Бу биздан кейинги авлод учун мерос"  0 23:59Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" сафарда аутсайдерлардан бирига мағлуб бўлди, Шомуродовдан мавсумдаги 8-гол  45 23:35Пеп Гвардиола: "Клопп давридаги "Ливерпуль" билан рақобат орқали "Манчестер Сити" ҳам ўсишга эришганди"  1

Rauf Inileev "Andijon-SGS" bilan uchrashdi Yangiliklar

Rauf Inileev "Andijon-SGS" bilan uchrashdi

Xabaringiz bor, bugungi kunda O'zbekiston o'smirlar terma jamoasini tajribali murabbiy Rauf Inileev boshqarib kelmoqda.

 O'z vaqtida Osiyoning "Eng yaxshi murabbiyi" nomiga sazovar bo'lgan mutaxassis yoshlar bilan ishlash xadisini olganlar qatorida gavdalanadi. 


Bugun Rauf Talgatovich,  Andijonga tashrif buyurdi. Bundan ko'zlangan maqsad,  O'zbekiston Birinchi ligasida karvonboshchilik qilayotgan "Andijon-SGS" futbolchilari bilan uchrashib,  ular bilan suhbatlashish,  qolaversa,  viloyatdagi iqtidorli o'smir yoshlarni kuzatish edi. 


Rejaga ko'ra,  O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi ustozi  azolari bilan uchrashib,  ular bilan yuzma-yuz suhbatlashdi. Futbolchilarga o'zining boy tajribasidan kelib chiqib,  maslahatlarini berib o'tdi. 

SHuningdek jamoa ustozi SHoxruh Ishanov bilan o'zaro suhbat chog'ida,  Rauf Talgatovich,  "Andijon-SGS"ning Birinchi ligada debyutant jamoa bo'lishiga qaramay,  turnir jadvalida peshqadamlik qilib kelishi xursand etmasdan qo'ymayotganini yashirib o'tirmadi. Kelgusida ham tezlikni pasaytirmasdan,  yoshlarga ko'proq ishonch bildirish kerakligini,  bu orqali ularni terma jamoalarga tayyorlab borish muhimligini alohida takidlab o'tdi.  


Jamoa bilan uchrashuv chog'ida Inileev "Andijon-SGS"ning o'ng qanot himoyachisi Abubakir Rejabboevni ham alohida so'rab o'tdi va ertaga uning xonadoniga tashrif buyurib,  xolidan xabar olishini kun tartibiga kiritib qo'ydi. 

Albatta, Rauf Inileevning jamoaga qaratayotgan bunday etibori,  klubning barcha azolarini xursand qilmasdan qolmadi. Ayniqsa endigina katta futbolga kirib kelayotgan yosh futbolchilarga xaqiqiy motivaciya bo'ldi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика