Rasul Yo'ldoshev: "Zich himoyani yorib o'tish oson bo'lmadi"
05 apr 16:14
Yangiliklar
Rasul Yo'ldoshev: "Zich himoyani yorib o'tish oson bo'lmadi"
Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi Superliganing 4-turida "Buxoro" bilan kuch sinashdi (2:0).
Mazkur uchrashuvdan so'ng "qaldirg'ochlar" yarim himoyachisi Rasul Yo'ldoshev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Murabbiyimizning o'yindan keyin aytgan fikrlariga qo'shilaman. Ilyos Zeytullaev keyingi o'yin bundan ham qiyin bo'lishini aytadi. "Buxoro" bilan juda qiyin uchrashuv o'tkazdik, chunki raqib jismoniy tomonlama kuchli jamoa hisoblanardi. Himoyada zich harakat qiladi, buni yorib o'tish oson bo'lmadi.
G'alaba esa ruhan ishonch beradi. Qolaversa, hozir hamma jamoa bir-birini o'rganadi. Shu bois har bir o'yinga jiddiy qarashimiz va bo'shashmasligimiz kerak",- deydi Rasul Yo'ldoshev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar