So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  2 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  18 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  1 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  2 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

Rasmiy xabar. Bobojonov, Narzullaev va Abdulhaqov - “Metallurg” futbolchilari Yangiliklar

Rasmiy xabar. Bobojonov, Narzullaev va Abdulhaqov - “Metallurg” futbolchilari

Ilgari xabar berganimizdek, yangi mavsumga hozirlik ko'rayotgan Bekobodning “Metallurg” jamoasi o'z tarkibini yangi o'yinchilar bilan to'ldirishda davom etmoqda.

“Buxoro” jamoasi bilan nazorat uchrashuvidan oldin tarkib yana uch nafar iqtidorli o'yinchi bilan rasman shartnoma imzoladi.

Ixtiyor Toshpo'latov, Salamat Quttiboev hamda SHahzodbek Ubaydullaevdan keyin Murodbek Bobojonov, Doniyor Narzullaev va Abdurahmon Abdulhaqovlar ham “Metallurg” o'yinchisiga aylanishdi.

Murodbek Bobojonov, 25 yoshda, 1994 yilning 6 iyul sanasida tavallud topgan.
Ampluasi –
hujumchi.
Kuchlilar safida 2014 yildan faoliyat yuritib keladi. Muqaddam “Neftchi” (2014-2016, 2018), “Lokomotiv” (2017), “Qizilqum” (2019), “Buxoro” (2019) jamoalarida to'p surgan. 109 ta uchrashuvda maydonga tushgan. 24 ta gol kiritgan, 9 marta ogohlantirilgan. O'zbekiston chempioni (2017) va mamlakat kubogi sohibi (2017).



Doniyor Narzullaev, 24 yoshda, 1995 yilning 11 aprel sanasida tavallud topgan.
Ampluasi
– yarim himoyachi.
“Nasaf” futbol klubi tarbiyalanuvchisi. Faoliyatini Qashqadaryo viloyatining bosh jamoasida 2014 yili boshlagan. Olti mavsum davomida “Nasaf” tarkibida 81 ta uchrashuvda maydonga chiqqan. 3 ta gol kiritgan, 5 marta ogohlantirilgan. Osiyo chempioni (2018 yil, U-23 chempionati, Xitoy), O'zbekiston vice chempioni (2017), O'zbekiston kubogi (2015) va Superkubogi (2016) sohibi.



Abdurahmon Abdulhaqov, 23 yoshda, 1996 yilning 16 oktyabr sanasida tavallud topgan.
Ampluasi –
hujumchi.
Kuchlilar safida 2016 yildan o'ynab kelayapti. Uch yil mobaynida “Neftchi” (2016-2018) da to'p surgach, o'tgan mavsumni “Andijon” (2019) o'tkazdi. 73 ta uchrashuvda maydonga tushgan. 4 ta gol kiritgan, 17 marta ogohlantirilgan.


Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика