So’nggi yangiliklar

12:22Палмер Бруну Фернандешга эҳтимолий ўринбосар сифатида кўрилмоқда  0 11:55Рейндерс кўприк тагида ташлаб кетилган чақалоқни боқиб олди  3 11:23Ўзбекистонлик ҳакамлар Осиё Кубогининг навбатдаги ўйинида ишлайди  0 10:43Грузия МТЖ собиқ футболчиси "Бухоро" билан шартнома имзолади  2 10:14"Манчестер Юнайтед" клубнинг антирекордини такрорлади  3 09:52"Челси" собиқ футболчиси ҳаёт билан видолашиш арафасида эканини маълум қилди  3 09:25Расман. "Бухоро" деярли 2 метрлик легионер футболчи билан шартнома имзолади  3 08:58"Эл класико"да "Барселона"га мағлуб бўлган Алонсо ўйиндан сўнг нималар деди?  14 08:31"Хоразм"нинг ўтган мавсум тўпурари фаолиятини легионер сифатида давом эттиради  2 08:04Флик ғалабадан сўнг нималар деди?  11 08:00Эл класико. "Барселона" - "Реал Мадрид" 3:2  1 07:40"Реал Мадрид" собиқ футболчиси "Локомотив" билан музокара олиб борди  3 07:14Финалнинг энг яхши футболчиси ким бўлди?  3 02:50А Серия. "Милан" "Фиорентина" билан, "Интер" "Наполи" билан дуранг ўйнади, "Лацио" эса меҳмонда "Верона"дан устун келди  3 02:05"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди  245

Rasmiy xabar: AGMK - “Nasaf” o'yini qoldirildi. Sababi aniq Yangiliklar

Rasmiy xabar: AGMK - “Nasaf” o'yini qoldirildi. Sababi aniq

Teglar :  NasafAGMK
Coca-Cola Superliganing 3-turidan o'rin olgan AGMK - “Nasaf” o'yini Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi so'roviga ko'ra qoldirildi.

Boshqarma tomonidan yuborilgan xatda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 12 fevraldagi “2022 yilgi Navro'z umumhalq bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish to'g'risida”gi PQ-134-son qarori va viloyat hokimi tomonidan 7 mart kuni tasdqilangan 1/DB-4-1406-sonli reja-dasturiga asosan, 20-21 mart kunlari Toshkent viloyati, Nurafshon shahrida “Navro'z” umumhalq bayramiga bag'ishlab, viloyatning asosiy bayram tadbiri bo'lib o'tishi sabab sifatida ko'rsatilgan. Mazkur tadbir davomida jamoat tartibini saqlash, xavfsizlikni taminlash uchun viloyat ichki ishlar organlari va Milliy Gvardiyaning mavjud kuch va vositalari jalb qilinishini inobatga olib, Sizdan 20 va 21 mart kunlari OKMK sport majmuasi o'yingohida o'tkaziladigan futbol uchrashuvlarini boshqa kuni o'tkazilishini maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz, deb yoziladi xatda.

O'zbekiston Professional futbol ligasi 3-turning qolgan bellashuvlarini Navro'z bayrami tantalariga qadar yakunlaydi. Faqatgina “Nasaf” futbol klubining OFK CHempionlar ligasida ishtirok etishi inobatga olinib, uning AGMK klubiga qarshi o'yini 20 mart sanasiga rejalashtirilgandi. Qo'shimchasiga, aynan shu kundan keyin FIFA kunlari start oladi va Srechko Katanec sara futbolchilarni terma jamoaga jalb qiladi.

Vaziyatdan kelib chiqib, 3-turdan o'rin olgan mazkur uchrashuv boshqa kunda o'tkazilishi maqsadga muvofiq deb topildi. Uchrashuv sanasiga keyinroq oydinlik kiritiladi.

Reyting: -33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика