Rasman: Serxio Ramos Meksika klubiga o'tdi
07 fev 11:05
Yangiliklar
Rasman: Serxio Ramos Meksika klubiga o'tdi
Meksikanining Monterrey klubi ispaniyalik himoyachi Serxio Ramosning transferini elon qildi.
38 yoshli Ramos erkin agent sifatida klub bilan bir yillik shartnoma imzoladi. 2024 yil iyun oyida Ramos «Sevilya»ni tark etgan va klubsiz edi.
— Serxioning kelishi — uning erishgan yutuqlari va dunyo miqiyosidagi mashhurligi tufayli klubimiz tarixidagi o'zgacha lahza, — deyiladi Meksika klubi xabarida.
Ramos Madridning «Real» klubida 5 marta Ispaniya chempioni bo'lgan va 4 marta Evropa chempionlar ligasini qo'lga kiritgan. Bundan tashqari PSJ safida ikki bor Franciya chempioni bo'lgan.
Futbolchi yangi klubi safida 93-raqamda o'ynaydi.




O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar