Rasman: “Real” murabbiy va futbolchilarning maoshini qisqartirdi
08 apr 2020 22:35
Yangiliklar
Rasman: “Real” murabbiy va futbolchilarning maoshini qisqartirdi
Koronavirus pandemiyasi “qirollik klubi”ni ham chetlab o'tmasdan qolmadi.
“Real” rasmiy saytning bayonotiga ko'ra, futbolchilar, murabbiylar shtabi hamda rahbariyatning maoshi 10-20 foizga qisqaradi. Yakuniy foizlar esa mavsumning qanday tarzda yakunlanishiga qarab belgilanadi. Ushbu qaror, futbol jamoasi bilan birgalikda basketbol klubiga ham tegishli hisoblanadi.
Qayd etilishicha, mazkur echim klub boshqa xodimlarining ish haqini kamaytirmaslik imkonini beradi. Klub tijoratining to'xtashi va moliyaviy yo'qotishlar sharoitida “Real” buni zarur deb hisoblaydi.
Avvalroq, “Barselona” futbolchilarning maoshi 70 foizga tushirilgani haqda elon qilgandi. SHuningdek, kataloniyaliklar bu ko'rsatkichni yanada pasaytirishni rejalashtirmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar