So’nggi yangiliklar

07:28Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  4 07:10Суперлига. "Сурхон" — "Машъал" 0:0  0 06:50ЕЧЛ. "Манчестер Сити" - "Наполи" 2:0  0 01:59ЕЧЛ. Рэшфорднинг дубли "Барселона"га ғалаба келтирди, "Қайрат" ва "Галатасарой" йирик ҳисобда ютқазди  30 01:52ЕЧЛ. "Манчестер Сити" "Наполи"ни ишончли ҳисобда мағлуб қилди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  46 01:15АПЛда бирорта очко йиғмаган клуб бош мураббийи билан шартномани узайтирди  0 00:50Беллингем дербига қадар сафга қайтиши мумкин  1 00:19"Реал"нинг аппеляцияси яна рад қилинди  9 23:47ЕЧЛ. "Монако" Бельгияда "тарсаки еди", "Байер" Данияда дуранг ўйнади  0 23:20Луис Энрике "Аталанта"га қарши ўйинни трибунадан кузатгани сабабини айтди  0 22:37Жозе Моуринью: "Фенербаҳче"да ишлаб хато қилдим, у ер менинг даражам эмасди"  24 22:22Бернарду Силва: "Доннарумма менга Куртуани эслатади"  0 21:55Марказлашган VAR тизими Ўзбекистонда илк бор масофадан туриб синовдан ўтказилди  7 21:39Ўзбекистон U-16 ўртоқлик ўйинида Черногорияни мағлуб қилди  5 21:23Сантьяго Канисарес ЕЧЛ фаворитларини санади  3

Rasman: "Al Hilol"ning yana bir o'yinchisida koronavirus aniqlandi Yangiliklar

Rasman: "Al Hilol"ning yana bir o'yinchisida koronavirus aniqlandi

Bugun OCHL-2020 guruh bosqichi 3-turi doirasida "Al Hilol" va "Paxtakor" jamoalari o'zaro bahs olib borishlaridan xabaringiz bor.

12 sentyabr kuni saudiyaliklarning 5 nafar o'yinchisida Covid-19ga topshirgan test natijalari ijobiy chiqqani haqida xabar bergan edik. Biroz avval esa o'sha futbolchilar kimlar ekanligi haqida xabar bergandik.

OCHL. "Al Hilol"ning qaysi o'yinchilarida koronavirus aniqlangani malummi?

"Al Hilol" matbuot xizmati bergan malumot "Championat.asia" tarqatgan xabar to'g'ri ekanligini tasdiqladi. Bundan tashqari, riyodliklar yana bir o'yinchida test natijasi ijobiy chiqqanini malum qilishdi. Yarim himoyachi Navaf Al Obidning Covid-19ga topshirgan test natijasi ijobiy bo'lgan. Demak, "Paxtakor"ning bugungi raqibida rasman 7 kishi karantinga olingan va tibbiyot xodimlarining doimiy nazoratida. Bular:

Menejer: Saud Kariri

Darvozabon: Muhammad Vakid

Himoyachi: Muhammad Al Burayk

Yarim himoyachilar: Salmon Al Faraj, Hamad Alabdan, Navaf Al Obid

Hujumchi: Saloh SHehri.

Yuqoridagi futbolchilardan o'ng qanot himoyachisi Muhammad Al Burayk va markaziy yarim himoyachi (Al SHalhubdan keyingi sardor) Salmon Al Faraj asosiy tarkib o'yinchilari hisoblanishadi.

Eslatib o'tamiz, OCHL guruh bosqichi 3-turidan o'rin olgan "Al Hilol" - "Paxtakor" bellashuvi bugun mahalliy vaqt bilan 21:00 (Toshkent vaqti bilan 23:00)da "Al Janub" stadionida bo'lib o'tadi.

OCHL. "Al Hilol" - "Paxtakor" o'yiniga oid qiziqarli malumotlar

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика