So’nggi yangiliklar

10:00Сергей Чигодаев: "Биринчи бўлимда футболчиларимиз бироз ҳаяжонланишди"  0 09:33Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  0 09:13"Ливерпуль" 19 ёшли футболчисини 25 миллионга сотди  2 09:02EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  4 08:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бўлиб ўтади  5 08:03Февзи Давлетов: "Вазиятлардан фойдалана олмаслик муаммомиз бўлиб қолмоқда"  0 07:46Отабек Нарзуллаев: "Ютишимиз ёки ютқазишимиз ҳам мумкин эди"  0 07:28Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  10 07:10Суперлига. "Сурхон" — "Машъал" 0:0  0 06:50ЕЧЛ. "Манчестер Сити" - "Наполи" 2:0  3 01:59ЕЧЛ. Рэшфорднинг дубли "Барселона"га ғалаба келтирди, "Қайрат" ва "Галатасарой" йирик ҳисобда ютқазди  38 01:52ЕЧЛ. "Манчестер Сити" "Наполи"ни ишончли ҳисобда мағлуб қилди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  47 01:15АПЛда бирорта очко йиғмаган клуб бош мураббийи билан шартномани узайтирди  0 00:50Беллингем дербига қадар сафга қайтиши мумкин  2 00:19"Реал"нинг аппеляцияси яна рад қилинди  13

Rasman: "Al Hilol"ning yana 3 o'yinchisida koronavirus aniqlandi, jamoada faqat bitta darvozabon qoldi Yangiliklar

Rasman: "Al Hilol"ning yana 3 o'yinchisida koronavirus aniqlandi, jamoada faqat bitta darvozabon qoldi

OCHL-2020 g'arb mintaqasida markazlashgan o'yinlar boshlangandan buyon Saudiya Arabistonining "Al Hilol" jamoasidan koronavirus bilan kasallanganlar soni to'xtamayapti.

Bugun qanot himoyachisi Yosir Al SHahronida virus aniqlangani haqida xabar bergan edik.

"Al Hilol" matbuot xizmati bergan xabarga ko'ra, jamoaning yana 3 nafar o'yinchisida Covid-19ga topshirilgan test natijalari ijobiy chiqqan. Ulardan ikki nafari darvozabon: Abdulloh Al Jadani, Navaf Al G'amdi hamda yana biri markaziy himoyachi: Abdulloh Al Hafiz. Al Hafiz "Paxtakor"ga qarshi 3 kun oldingi o'yinda to'liq o'ynagan edi. Hozirga kelib riyodliklar tarkibida faqat bir nafar soppa-sog' darvozabon qoldi. Bu jamoaning asosiy kiperi, Salmon Al Farajdan keyingi sardor Abdulloh Al Muayuf.

17-raqamda harakat qiladigan markaziy himoyachi Abdulloh Al Hafiz.


Ayni paytga kelib "Al Hilol"ning jami 10 nafar futbolchisida koronavirus aniqlandi. Bular:

Darvozabonlar: Muhammad Vakid, Abdulloh Al Jadani, Navaf Al G'amdi.

Himoyachilar: Muhammad Al Burayk, Yosir Al SHahroni, Abdulloh Al Hafiz.

Yarim himoyachilar: Salmon Al Faraj, Hamad Alabdan, Navaf Al Obid.

Hujumchi: Saloh SHehri.

Eslatib o'tamiz, ishtirokchi jamoalarning barchasi kecha ertalab navbatdagi bor Covid-19ga test topshirishgan edi.


4-turdan o'rin olgan "Paxtakor" - "Al Hilol" uchrashuvi mahalliy vaqt bilan 21:00 (Toshkent vaqti bilan 23:00)da start oladi. Bahs "Al Janub" stadionida bo'lib o'tadi.

Reyting: -13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика