So’nggi yangiliklar

02:06А Серия. "Наполи" навбатдаги ғалабасига эришди  0 01:58Ўтган мавсумнинг энг яхши жамоаси илк мағлубиятини қабул қилиб олди  4 01:50BALLON D'OR-2025  110 23:22Рэшфорд "Хетафе"га қарши баҳс куни Флик томонидан жазоланган экан  1 22:13"Реал ТВ": "Барселона" рақиблари ҳар 3,8 та қўполлик учун сариқ карточка олишмоқда  11 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  6 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  20 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  5 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  6 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  12 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  40 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  3 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  6 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  12

Rashid G'ofurov: "Hakamlar 100% o'yin tizginini buzdi, hali bunga ular javob beradi" Yangiliklar

Rashid G'ofurov: "Hakamlar 100% o'yin tizginini buzdi, hali bunga ular javob beradi"

Pro liganing 6-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Navbahor-Farm" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Rashid G'ofurov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Bugungi o'yinni ko'rganingizdek shiddatli ko'rinishda o'tdi. Avvalgi so'zlarimni takrorlayman: oldida maqsadi bor jamoaga hakamlar yordami shart emas. Biz umidli va yosh futbolchilar bilan oldinga intilayotgan jamoamiz. Faqat toza o'yin namoyish etishni xohlardik. Bilmadim, yana hakamlarga osilish noto'g'ridir, lekin ko'pchilik ko'rgan bo'lishi mumkin, raqib qo'liga to'p tegsa, hakam penalti bermayapti. Bir emas, ikki-uch vaziyatlarda penalti belgilamadi. Gavda bilan o'yin namoyish etilgan 50 ga 50 vaziyatlarda bizning zararimizga fol qayd etilmoqda. Ustiga-ustak bitta kam o'ynadik. Ular buni his qilishmadi ham. Agar shu futbol bo'lsa, bilmadim... Hakamlar toza futbol qo'yib berishsa, boshqa hech qanday etirozimiz yo'q. 

- Bugungi o'yinda 10 kishi bo'lib o'ynash qanchalik noqulaylik tug'dirdi?

- Kamchilik bo'lib o'ynash faqat bizga emas, barcha jamoaga qiyinchilik tug'diradi. 10 kishi bo'lish esa rejalarni buzib yuboradi. SHundan so'ng o'zgarishlar qilishga to'g'ri keldi. SHunday bo'lsa-da, shogirdlarimga minnatdorchilik bildiraman, chunki ular bor kuchi bilan o'ynadi. Hatto kamchilik qolganimizga raqibga sezdirmadi. Hisob o'yinga mos bo'lmadi. Raqibga nisbatan bizda ko'proq imkoniyat yuzaga keldi. O'yin so'ngida charchoq ham biroz pand berdi, negaki bir kishi ikki kishining ishni maydonda bajarishiga to'g'ri keldi. 

- Ibrohim G'anixonov va murabbiylar shtabiga qizil kartochka ko'rsatilgan vaziyat qay tariqa boshlandi? Qo'pol so'zlar uchun ular chetlatildimi?

- Murabbiylar shtabidagilar nima deganini eshitganim yo'q. Balki chindan haqoratli so'zlarni ishlatgan bo'lsa, adolali ravishda chetlatilgandir. Lekin maydondagi futbolchiga ikkinchi sariq kartochka ko'rsatishga arzigulik vaziyat emasdi. O'yinda hakamga imkoniyat qoldirmaslik kerak. 2-3 ta gol ur, unga og'irlik tushmasin. Bu vaziyatni ko'rib chiqamiz. 

- Uchrashuv kartochkalarga boy o'tdi. Bu futbolchilarning tartibsizligidanmi yoki boshqa sababi bormi?

- Tartib jihatdan desa noto'g'ri bo'ladi. 10 kishi o'ynayotgan jamoada hakamlar arzimagan vaziyatda ham to'pni raqibga olib beraversa, istalgan kishi quyushqondan chiqib ketadi. SHu bois, asablar jilovlanmagan bo'lsa kerak. Aslida, deyarli barcha sariq kartochka ko'rsatilgan vaziyatlar qarshimda yuz berdi, ogohlantirishga tortadigan o'yin bo'lgani yo'q. Hakamlar 100 % o'yin tizginini buzdi, hali bunga ular javob beradi. "SHo'rtan"ga hech qanday etirozim yo'q. Lekin hakamlar chiroyli futbolga xalaqit berdi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика