Ramos bilan shartnomani bekor qilish “Real” uchun 25 million evroga tushadi
10 mar 2019 00:25
Yangiliklar
Ramos bilan shartnomani bekor qilish “Real” uchun 25 million evroga tushadi
“Qirollik klubi”ning ECHLni tark etganidan so'ng ko'plab OAV klub rahbari Florentino Peres hamda jamoa sardori Serxio Ramos o'rtasida nizo kelib chiqqanini haqida takidladi.
Natijada, futbolchi agar rahbariyat shartnomaga tegishli bo'lgan barcha pulni to'lab bersa, klubdan ketishga tayyorligini bildirgan.
ASʼnashrining xabar berishicha, Ramos bilan kelishuvni muddatidan oldin bekor qilish “Real” uchun 25 million evroga tushadi. 32 yoshli himoyachining “blankos” bilan shartnomasi 2020-yilga qadar mo'ljallangan.
Qayd etish joizki, Serxio Ramos yiliga 12 million evro maosh oladi va bu boradi jamoadagi eng qimmat ikkinchi futbolchi hisoblanadi.
Avvalroq, “Real” sardori faoliyatini Italiyada davom ettirishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Fikrlar