So’nggi yangiliklar

11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  0 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  0 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   0 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  12 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  2 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  5 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  21 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  3

Ramatov: "Davlat sportni rivojlantirish uchun 450 milliard so'mdan ortiq pul beradi" Yangiliklar

Ramatov: "Davlat sportni rivojlantirish uchun 450 milliard so'mdan ortiq pul beradi"

O'zbekiston futbol associaciyasining yangi rahbari Achilbay Ramatov tashkilotning hisobot-saylov konferenciyasida bir necha masalalar haqida gapirdi.


"Meni nomzodimni qo'llab-quvvatladinglarmi, endi sizlar meni jamoamdasizlar. Futbolimizdagi natija uchun endi men javobgar bo'laman. Futbolda erishilgan yutuqlarni yanada yuksaltirib, kamchilik va muammolarni birgalikda hal etish talab etiladi. Hozircha boridan foydalanishimiz kerak. Keyin esa muammolarni pastga tushib o'rganib, ularni bartaraf etish lozim. Milliy futbolimizni yanada yuksaltirish, rivojlantirish va xalqaro turnirlarda yaxshi ishtirok etish uchun qulay sharoit yaratish kerak bo'ladi. Buning uchun quyidagi muhim masalarga etibor qaratish zarur deb hisoblayman: Bolalar va o'smirlar futbolini rivojlantirish shart. Ammo bugungi kunda futbolga ixtisoslashgan internat maktablari, futbol muassasalari va olimpiya rezerv kollejlaridagi futbol bo'linmalarining moddiy texnik taminoti qoniqarsiz darajada taminlangan yoki umuman yo'q desa ham bo'ladi. Bundan tashqari bolalar va o'smirlar futboliga mutasaddi bo'lgan barcha bo'g'inlarda o'ynagan futbolchilar va murabbiylar tarkibini rag'batlantirish tizimi mavjud emas. Men o'zim Vazirlar Mahkamasida hududlarga javobgarman. Hududlarga tashrif davomida shunga amin bo'lyapmanki, oxirgi yillarda "Umid nihollari", "Barkamol avlod" kabi ommaviy sport tadbirlarini o'tkazish maqsadida barpo etilgan futbol stadionlari tadbirdan keyin qarovsiz qolgan. Musobaqalarni o'tkazib bo'lingach hech kim stadionga qaramay qo'yadi".


Achilbay Jumaniyazovich shuningdek, davlat tomonidan sportni, xususan futbolni rivojlantirish uchun katta pullar ajratilayotganini ham alohida takidlab o'tdi. 

"Milliardlab pullar ketyapti. Bu yili sportni rivojlantirish uchun 450 milliard pul berilmoqda hukumat tomonidan. Bu pullar asosan futbolga ketmoqda. Pullar qaerga ketmoqda, qani? Sport inshootlarini qurish paytida juda katta pullar o'g'irlanmoqda".



SHuningdek, o'zbek futbolining yangi rahbari murabbiylarga ham alohida etibor lozimligini qayd etdi. 

Ko'p joylarda murabbiylar yo'q. Murabbiylarga pul bermaydi, rag'batlantirmaydi. Murabbiylar ham bola-chaqasini boqishi kerak-ku! Entuziazm bilan ishlaydigan murabbiylar yo'qolib ketdi. Borlari esa qarib qoldi, hozir sog'lig'i tufayli ishlolmaydi. Ming afsuski, murabbiylar bo'lmasa hech qanday ish bo'lmaydi. Ular bilan ishni to'g'ri yo'lga qo'ymoq lozim. Murabbiylar kerakli, yaroqli bolalarni saralab olishlari kerak. Agarda bola sog'lom bo'lmasa uning jismoniy holati qanday qilib talabga javob berishi mumkin?"

Reyting: +44   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика