So’nggi yangiliklar

19:05"Барселона" йилнинг илк трансферини келишиб олди  0 18:38Озарбайжон клуби Умарали Раҳмоналиевни сотиб олмоқда  0 18:17"Милан" таркибни немис ҳужумчиси билан кучайтирди  0 17:59Андалусияга қайтиш: Рамос "Севилья" акциядори бўлиши мумкин  0 17:35Даврон Ҳошимов: "Каттақўрғон" бир мавсумлик жамоа эмас. Про лига ўтган йилгидан қизиқарлироқ бўлади"  5 17:08Туанзебе, Балеба, Амад, Маҳрез... Африка Миллатлари Кубоги гуруҳ босқичи рамзий жамоаси  0 16:42"Леганес" аъзоси Лазизбек Мирзаев Ўзбекистонга қайтмоқда  9 16:20Қосимов Ироқ чемпионати 9-турининг рамзий жамоасидан жой олди  1 15:58Станислав Андреев бутсаларини михга илди  8 15:34Манба: Каннаваро Қатардаги машғулотларга кенгайтирилган таркибдан жой олган футболчиларни чақиради  3 15:05"Челси" раҳбарияти янги мураббий танлашда қайси тамойилга амал қилиши маълум  3 14:38Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!  14 14:10"Андижон" вингери "Бухоро"га ўтиши мумкин  6 13:42Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди  18 13:19Расман: Олег Зотеев "Локомотив"га қайтди  4

Qozog'iston chempionatini “yondirgan” SHahboz Umarov - chempionlik uchun kurash, Qozog'iston chempionatidagi raqobat, keyingi klubi va nima sababdan terma jamoaga chaqirilmayotganining sababini aytdi Yangiliklar

Qozog'iston chempionatini “yondirgan” SHahboz Umarov - chempionlik uchun kurash, Qozog'iston chempionatidagi raqobat, keyingi klubi va nima sababdan terma jamoaga chaqirilmayotganining sababini aytdi

Teglar :  SHahboz Umarov
Qozog'iston chempionatini “yondirgan” SHahboz Umarov - chempionlik uchun kurash, Qozog'iston chempionatidagi raqobat, keyingi klubi va nima sababdan terma jamoaga chaqirilmayotganining sababini aytdi

— CHempionlik o'yiniga qanday tayyorgarlik ko'rdingizlar? — Bugun tarixiy uchrashuv edi. Qozog'iston chempionatidagi har uchrashuv juda qiyin kechadi. Barcha jamoalar kurashuvchan. Ammo biz bugun g'alaba uchun jonimizni berishga ham tayyor edik. Futbolchilar bilan kiyinish xonasida bugun g'alaba qozonishga majbur ekanligimizni muhokama qilgan edik va yakunda g'alaba qozonib, chempion bo'ldik.

  Qozog'iston chempionatining darajasi haqida gapirib o'tsangiz. Bu erda raqobat qay darajada?

 — To'g'risi menda ko'p jarohatlar bo'ldi. Qozog'istondagi birinchi yarim yilni jarohatim sabab o'tkazib yuborishga majbur bo'ldim. Hozir hammasi yaxshi. Milliy chempionat darajasini yuqori baholayman. Sababi biz mavsum davomida birorta oson uchrashuv o'tkazmadik. 

 Mavsum yakunida klub bilan shartnomangiz tugaydi. Rejalaringiz qanday? Keyingi mavsum sizni boshqa klub va yangi chempionat safida ko'rishimiz mumkinmi? 

— Mavsum hali yakunlangani yo'q. Bizni chempionatda va kubok finalida o'yinimiz bor. Hozir emociyada kelajagim haqida biror narsa deyish qo'yishim noto'g'ri bo'ladi. Bugun chempionlikni nishonlayapmiz. Mavsumni tugatib olaylik, keyin esa yaxshilab o'ylab ko'rib bir qarorga kelaman.

Terma jamoadan chaqiruv olmayotganingizga munosabatingiz qanday? Terma jamoaga chaqirilmayotganingizning sababi nima deb o'ylaysiz?

 — Meni terma jamoaga chaqirishdi, ammo turli xil sabablarga ko'ra terma jamoa yig'inlarida ishtirok eta olmayapman. AQSHda bo'lib o'tgan yig'in va o'rtoqlik uchrashuvlariga chaqiruv olgandim, biroq viza bilan muammoga duch keldim va shu sababdan yig'inda ishtirok eta olmadim. Oktyabr oyidagi FIFA kunlarida esa jarohat(mushaklar jarohati) sabab terma jamoamizga yordam bera olmadim. 

“Ordabasi” jamoasida mavsum yakunlanganidan so'ng, agar sizni terma jamoa yig'inlariga chaqirilishingiz mumkin va shunday ham bo'lsa tatil muddatingiz keskin qisqarib ketadi. Bunga fikringiz qanday? Osiyo kubogiga borish imkoniyatlaringizni qanday baholaysiz? 

— O'zbekiston barchamizning vatanimiz va yurtimiz shanini himoya qilish barchamizning burchimiz. Men terma jamoaga borimni berishga tayyorman. Terma jamoa safidagi katta musobaqalarda iloji boricha yaxshiroq natija qayd etishimiz kerak.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика