So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  0 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Qosimov Milutinovich bilan uchrashdi Yangiliklar

Qosimov Milutinovich bilan uchrashdi

Bundan chamasi 4 oy muqaddam Bora Milutinovichning O'zbekistonga kelishi mumkinligi haqida xabar chiqqan edi.
Kuni kecha hamkasblarimiz tomonidan ham shunday xabar tarqatildi. Fursatdan foydalanib vaziyatga oydinlik kiritdik.

Haqiqatdan ham Bora Milutinovich Qatarda Mirjalol Qosimov bilan uchrashgan.
"U bilan do'stona uchrashuv bo'lib o'tdi. Ancha yillardan beri tanishmiz", - deydi Mirjalol Qo'shoqovich.

- O'FF harakat qilsa va kelishuvga erishsa, yoningizda shunday tajribali mutaxassis ishlashini istarmidingiz?
- Barchamiz issiq jonmiz. Mana Incheonda SHuhrat Maqsudov jarohat olganligi bois oyog'iga gips qo'yishda va u hozir biz bilan emas. Yaxshi ham-ki, Baxtiyorni yonimga olganim. Albatta murabbiylar shtabi kengaysa bizga yaxshi. Osiyo Kubogiga qadar ularning soni oshishi mumkin. SHuningdek, jismoniy tayyorgarlik bo'yicha ham murabbiyga ehtiyojimiz bor. Ayni paytdagi jismoniy holatimiz joyida.

Aftidan Bora Milutinovich rostan ham O'zbekistonga keladi. Agar shunday bo'lsa, bu JCH-2018 yo'lida tashlangan qadamlarning eng yaxshisi bo'lishi mumkin. Bu borada O'FFga omad tilaymiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика