So’nggi yangiliklar

13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 13:18Суперлига. Плей-офф: "Арал" – "Бухоро". Таркиблар маълум   6 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  13 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  3 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

Qo'qonda yirik g'alabaga erishgan murabbiy, dubl qayd etgan hujumchi, derbida durang o'ynagan posbon - Superligada 12-turning eng yaxshilari Yangiliklar

Qo'qonda yirik g'alabaga erishgan murabbiy, dubl qayd etgan hujumchi, derbida durang o'ynagan posbon - Superligada 12-turning eng yaxshilari

Championat.asia sayti O'zbekiston Superligasi 12-turining eng yaxshilarini aniqladi.

Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 12-turning eng yaxshi darvozaboni – Abdumavlon Abdujalilov ("Bunyodkor")

"Bunyodkor" bu tur o'z uyida "Paxtakor"ni mehmon qilib, murosa ko'chasini tanladi (1:1). Ushbu qiymati baland 1 ochko qo'lga kiritilishida "qaldirg'ochlar" darvozaboni Abdumavlon Abdujalilovning hissasi katta bo'ldi. U "sherlar" bilan to'qnashuv mobaynida bir qator vaziyatlarda o'zini ko'rsatib, jamoasini gollardan qutqardi. 30 yoshli posbon bahsda 4 ta esda qolarli seyv namoyish etdi. Shu tariqa u Championat.asia talqinida 12-turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.


Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 12-turning eng yaxshi murabbiyi – Asror Aliqulov ("Mashal")

"Mashal" Qo'qonga safar uyushtirib, naqd 4:0 hisobida g'alaba qozondi. Bunga albatta jamoa bosh murabbiyi Asror Aliqulovning o'yin uchun rejasi har taraflama ish bergani sabab bo'ldi deb bemalol ayta olamiz, chunki muborakliklar o'sha kuni raqib darvozasiga javobsiz 4 ta to'p yo'llashni uddaladilar. Shu tariqa Asror Aliqulov so'zsiz 12-turning eng yaxshi murabbiyi sifatida etirof etildi. 


Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 12-turning eng yaxshi futbolchisi – Humoyun Murtozaev ("Mashal")

"Mashal" ortda qolgan turda mehmonda "Qo'qon-1912" bilan ro'baro' kelib, 4:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvda Humoyun Murtozaev ilk daqiqadayoq hisobni ochgan bo'lsa, 75-daqiqaga kelib, hisobni yiriklashtirishga erishdi. Tajribali forvard o'z dubli orqali jamoa g'alabasiga munosib hissa qo'shdi. Shunday qilib, Murtozaev Championat.asia ijodkorlari tomonidan 12-turning eng yaxshi futbolchisi deya qayd qilindi.


Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 12-turning eng chiroyli goli muallifi – Shahboz Jo'rabekov ("Buxoro")

"Buxoro" ushbu turda "Andijon" bilan to'qnash kelib, 1:1 hisobida durang o'ynadi. 67-daqiqada buxoroliklar himoyachisi olis masofadan jarima zarbasi orqali darvozani to'g'ridan-to'g'ri nishonga oldi va to'p darvoza to'ridan joy oldi. Shu tariqa bu mavsum ancha sermahsul harakat qilayotgan Jo'rabekov Championat.asia sayti talqinida turning eng chiroyli gol muallifi deb topildi.



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика