So’nggi yangiliklar

01:50Винисиус Жуниор: "Дунёнинг энг катта клуби ва терма жамоасида ўйнаш барчанинг орзуси"  0 01:15"Реал"нинг илтимоси рад қилинди  0 00:52Расман: Осимхен - "Галатасарой"нинг тўлақонли аъзоси!  2 00:35Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Черно Море"ни қийинчиликсиз мағлуб қилди, Шомуродов захирадан майдонга тушди  24 00:17Майкл Оуэн: "Ливерпуль" ўтган мавсумда 20 очколик фарқ билан чемпион бўлиши керак эди"  2 23:50"Манчестер Юнайтед" "Лейпциг"га хабар жўнатди  0 23:29"Милан" ўртоқлик ўйинида Австралия чемпионати аутсайдерига 9та гол урди  3 23:12"Манчестер Сити" афсонавий Чики Бегиристайн билан ҳайрлашди, у Абдуқодир Ҳусановнинг трансферида муҳим ўрин тутган  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" "Петрокуб" тўсиғидан осон ўтди, Умарали Раҳмоналиев жавоб ўйинида ҳам майдонга тушмади  1 22:26Пьер-Эмерик Обамеянг собиқ жамоасига қайтди  0 21:35"Реал" футболчиси "Комо"га ўтди  0 21:08Лукас Пакета бўйича якуний қарор чиқарилди  1 20:51"Арсенал"нинг икки футболчиси жароҳат олди  3 20:44Расмус Хойлунд: "Юнайтед"да қолишни истайман"  5 20:16"Локомотив"га 6 футболчи келди, 5 футболчи кетди  1

Qo'qonda katta futbol turniri start oldi Yangiliklar

Qo'qonda katta futbol turniri start oldi

Teglar :  Qo'qon
Barchangizga malumki muxtaram prezidentimizning sportga, xususan futbolga bo'lgan etiborlari tufayli, yurtimizda “millionlar o'yini” yildan yilga rivojlanib bormoqda.

O'zbek futboli haqida gap ketar ekan, dastavval barchaning yodiga Qo'qon shahri keladi, chunki Qo'qon o'zbek futbolining vatani hisoblanadi. Qo'qon shahrida o'zbek futbolining rivoji uchun o'zlarining umrlarini bag'ishlagan insonlar judayam ko'pchilikni tashkil qiladi.

Ayni kunlarda Qo'qon shahrida o'zbek futboliga tamal toshini qo'ygan, Qo'qon shahrida millionlar o'yinining rivoji uchun katta hajmdagi ishlarni bajargan futbol fidoiylari xotarasiga bag'ishlangan “Qo'qon – o'zbek futbolining vatani” deb nomlangan turnir bo'lib o'tmoqda.

Turnirda faxriy hamda havaskor futbolchilar ishtirok etishmoqda. Respublikamizdagi eng chiroyli sport majmualaridan biri bo'lgan “Ahmadxon” sport majmuasida bo'lib o'tayotgan turnirda jami 16ta jamoa 4 guruhga bo'lingan holda ishtirok etishmoqda.

“A” guruhi
1. Aziztepa
2.Lokomotiv
3. Spartak
4.Progress

“B” guruhi
1. Avg'onbog'
2. SHahar
3. SHayxon
4. Islom Nurmatov

“S” guruhi

1. 18-maktab
2. Kimyogar
3. Faxriylar-2
4. 1980

“D” guruhi
1. 40 yillik
2.Faxriylar-1
3.Akademik licey
4. Versus

Turnir kecha 23-aprel kuni start oldi. Kecha , bugun va ertaga turnirning guruh bosqich o'yinlari bo'lib o'tadi. 26-aprel kuni chorak final o'yinlari bo'lib o'tsa, 27-aprel kuniga yarim final bahslarini o'tkazish rejalashtirilgan. Turnirning 3-o'rini uchun hamda final bahslari 28-aprel kuni bo'lib o'tadi.

SHu o'rinda Qo'qondagi turnir tashkiliy jihatdan professional darajada o'tayotganini , uchrashuvlarni respublikamizning tajribali hakamlari boshqarib borishayotganini alohida takidlash lozim.

Quyida “Qo'qon – o'zbek futbolining vatani” deb nomlangan musobaqaning dastlabki kunlardagi o'yinlaridan olingan suratlarni tomosha qiling.


Akramjon Mamadaliev tayyorladi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика