So’nggi yangiliklar

09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  0 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  0 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  8 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  3 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  6 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0

“Qo'qon-1912” – “Viloyat hokim kubogi-2019” sohibi! Yangiliklar

“Qo'qon-1912” – “Viloyat hokim kubogi-2019” sohibi!

Bu jamoalar o'rtasidagi o'yin har doim shiddatli va keskin kurashlar ostida o'tgan. “Viloyat hokim kubogi-2019” finali ham shunday tarzda o'tdi.

Ilk daqiqalardan jamoalar hujumkorlikka zo'r berishdi. 10-daqiqada raqib darvozasida xavfli vaziyat vujudga keldi. Vakillarimiz jarima to'pidan keyin kombinaciya ijro etishdi. Xolmuhammedovdan to'pni qabul qilib olgan Mamatxo'jaevning kuchli zarbasini “Neftchi” posboni qaytarishga erishdi. Taymning qolgan daqiqalari ham “derbi”ga xos shiddatli va keskin kurashlar ostida o'tdi. Goh u goh bu jamoada to'p kiritish uchun bir qator vaziyatlar yuzaga keldi. Biroq ulardan foydalanishga kelganda jamoalar oqsashdi. 42-daqiqada raqib jarima maydonchasida raqiblaridan ildamroq harakat qilgan Timur Usmonov darvoza tomon zarba berdi. Biroq uning zarbasiga biroz aniqlik etishmadi. Birinchi bo'lim nursiz durang bilan intiho topdi.

Ikkinchi bo'lim boshlanishida futbolchilarimiz hisobni ochishdi. “Neftchi” o'yinchisining qo'pol xatosidan keyin Timur Usmonov raqib darvozasini ishg'ol etdi. 57-daqiqada Jamshid Hasanovning kuchli zarbasi biroz noaniq bo'ldi. 69-daqiqada futbolchilarimiz ijrosida chiroyli kombinaciya ko'rdik. Berdievning zarbasidan keyin Turdaliev mahorat ko'rsatdi. 81-daqiqada “Neftchi” futbolchilarida hisobni tenglashtirish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo'lishdi. Tanannig zarbasiga aniqlik etishmadi.
Qolgan daqiqalarda tomonlar harchand o'rinmasin, yagona gol uchrashuv taqdirini hal etdi va “Qo'qon-1912” jamoasi “Viloyat hokim kubogi-2019” g'olibiga aylandi. Qo'qonliklar 2017 yilda ham ushbu sovrinni qo'lga kiritishgandi.

“Viloyat hokim kubogi-2019”
Final
“Qo'qon-1912” – “Neftchi” – 1:0 (0:0)
Hakamlar
: SHerzod Qosimov, Aleksandr Burov, Baxtiyor SHavkatov, Olim To'ychiboev.
Gol: Timur Usmonov - 48
“Qo'qon-1912”: 71. Boyan Knejevich, 7. Jamshid Hasanov, 14. Avaz Mamatxo'jaev, 17. Quvondiq Ro'ziev, 19. Suhrob Berdiev, 22. Murod Xolmuhammedov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 65. Marko Milich, 70. SHaxboz Erkinov, 79. Iqbol Malikjonov, 95. Timur Usmonov.
Zaxira: 77. Sarvar Karimov, 4. Bahodir Akramov, 9. Nosir Otaqo'ziev, 11. Timur Hakimov,  41. Nedo Turkovich, 55. Suhrob Nematov,  78. Bexruz Sadilloev, 96. Muhammadanas Hasanov, 97. Milosh Nikolich.
“Neftchi”: 12. Muzaffar Abdullaev, 3. Mirjalol Nematov, 4. SHodiyor Hojimatov, 5. Davron Mamatov, 6. Jamshid Qobulov, 9. Hamidullo Abduhamidov, 10. Xurshid Asqaraliev, 11. Idris Bikmaykin, 18. Abdujamol Manazarov, 20. Diyor Irmatov, 44. Otabek Zokirov.



Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика