"Qo'qon-1912" Toshtemirov va Isoqov bilan shartnoma muddatini uzaytirdi
12 dek 2024 19:15
Yangiliklar
"Qo'qon-1912" Toshtemirov va Isoqov bilan shartnoma muddatini uzaytirdi
Superligaga qaytgan "Qo'qon-1912" jamoasi ikki futbolchisi bilan yangi shartnoma imzoladi.
Darvozabon Aziz Isoqov va himoyachi Asliddin Toshtemirov yangi mavsum ham qo'qonliklar sharafini himoya qiladigan bo'ldi.
Klub har ikki futbolchi bilan shartnoma muddatlarini uzaytirdi. Isoqov 2025 yilning 1 dekabrigacha shartnomaga imzo chekkan bo'lsa, Toshtemirovning yangi shartnomasi 30 noyabr kuni nihoyasiga etadi.
Eslatib o'tamiz, Asliddin Toshtemirov o'tgan mavsum startidan avval "Turon"dan "Qo'qon-1912" safiga kelib qo'shilgan edi. O'z navbatida, Aziz Isoqov ham o'tgan yil qishda klubga kelgan. Undan avval asli qo'qonlik, lekin "Paxtakor" tarbiyanaluvchisi hisoblangan kiper "Paxtakor" va "Surxon" jamolarining asosiy va U-21 jamoalarida to'p tepgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar