So’nggi yangiliklar

07:56ЦСКА тасдиқлади  1 07:27Суперлига. Бугун 20-турга старт берилади  2 02:13ЕЧЛ. "Қорабоғ", "Пафос" ва "Брюгге" саралашнинг сўнгги босқичидаги илк баҳсларни ўз фойдаларига ҳал қилишди  0 02:02Ла Лига. Мбаппенинг пенальтидан киритган голи "Реал Мадрид"га илк турдаги ғалабани тақдим этди  43 02:00Муҳаммад Салоҳ Англия профессионал футболчилар уюшмаси талқинига кўра АПЛнинг энг яхши футболчиси деб топилди  4 01:54Англия профессионал футболчилар уюшмаси АПЛ рамзий терма жамоасини эълон қилди  1 01:10Фарҳод Нишонов: "Вазиятлардан фойдаланганимизда ўйин сценарийси бошқача кечиши мумкин эди"   1 00:56Неъматилло Қуттибоев: "Бугунги ғалаба – қаҳрамонлик. Йигитлар ва мухлисларга раҳмат"  1 00:50Гвардиола "Сити" билан шартномасини узайтирадими? Мураббийнинг ўзи жавоб берди  1 00:25"Арсенал" Троссарднинг маошини сезиларли даражада оширмоқчи  0 23:30Эрон. "Истиқлол" илк турда "Трактор"ни мағлубиятга учратди  1 23:23Гарначо "Бавария"га йўқ деди. Футболчи "Челси"га ўтмоқчи  2 22:25"Наполи" "Жирона"дан 20 млнлик трансферни амалга оширди  0 21:45"Марсель" жанжалкашларни расман бадарға қилмоқда. Рабьога таклифлар бор  1 21:01ПФЛ Бергер тизимини бекор қилса, янги тақвимда тарихий омиллар ҳисобга олинадими?  10

"Qo'qon-1912": Sedko va Argun ko'rikda Yangiliklar

"Qo'qon-1912": Sedko va Argun ko'rikda

Malum muddatlik tanaffusdan so'ng navbatdagi yig'inni yana poytaxtda davom ettirayotgan “Qo'qon-1912” jamoasi yangi mavsumga astoydil tayyorgarlik ko'rmoqda.
Murabbiylar shtabi bugungi kunga kelib, asosiy tarkib o'zagini deyarli aniqlab bo'ldi. Endilikda asosiy etibor o'yin uslubni shakllantirishga qaratiladi. SHuningdek tarkibni kuchaytirishi mumkin bo'lgan ayrim o'yinchilar bilan muzokaralar davom etmoqda. Aytish lozimki, bu safargi yig'in davomida ham poytaxtdagi muhtasham “O'zbekiston” mehmonxonasi jamoamizning vaqtinchalik qarorgohi vazifasini o'tab bermoqda.

Payshanba kuni jamoamiz o'zining navbatdagi sinov-nazorat uchrashuvini o'tkazdi. “So'g'diyona”ga qarshi kechgan bahsda ko'rikda bo'lib turgan rossiyalik Vladimir Argun raqib darvozasini ishg'ol etib, “Qo'qon-1912”ga g'alaba keltirdi.  

Tarkibdagi o'zgarishlarga to'xtaladigan bo'lsak, o'tgan mavsum “Maxtaorol”da o'ynagan 28 yoshli darvozabon Ruslan Matniyozov endilikda jamoamiz azosi hisoblanadi.

SHuningdek himoyachi Ilya Ilin ham mavsumni “Qo'qon-1912” tarkibida boshlaydigan bo'ldi. Bungacha “Mashal”, “Qizilqum” va “Buxoro” kabi jamoalarda o'ynagan 30 yoshli futbolchi bilan ham shartnoma imzolandi.

 Hujum chizig'ini kuchaytirish maqsadida ikki nafar futbolchi ko'rikka taklif etilgan. Bular asli o'zbekistonlik bo'lib, lekin oxirgi yillarda qo'shni Qozog'iston chempionatida faoliyat olib borayotgan Ernest Sedko va rossiyalik Vladimir Argun. Sedko haqida to'xtaladigan bo'lsak, 1987 yili tug'ilgan futbolchi mamlakatimizda bungacha “Quruvchi” (1-liga), “Kimyogar” va “Qizilqum” singari jamoalarda o'ynagan. 2013 yili “Maxtaorol”da xarakat qilgan futbolchi keyingi mavsumni birinchi liga azosi  “Astana-1964”da o'tkazdi. Yodingizda bo'lsa Ernest mavsumlar oralig'ida malum muddat “Andijon” yig'inida ham bo'lib qaytgandi.

Bu yil 24 yoshni qarshi oladigan Vladimir Argun ham hujum chizig'ida xarakat qiladi. Rossiyalik futbolchi bungacha Krasnodarning "Afips" klubida o'ynab kelayotgandi.

Hozircha bu futbolchilar ko'rikdan o'tkazilmoqda. Agarda ularning xarakatlari murabbiylarga maqul kelsa, shartnoma imzolanadi. 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика