So’nggi yangiliklar

20:30Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" (матнли трансляция)  15 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  30 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  0 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  4 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  5 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  12 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  16 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0

"Qo'qon-1912" qarshi o'yin - odatiy bahs. Superliganing formati yoqmaydi - SHota Arveladze Yangiliklar

"Qo'qon-1912" qarshi o'yin - odatiy bahs. Superliganing formati yoqmaydi - SHota Arveladze

"Paxtakor" bosh murabbiyi "Qo'qon-1912"ga qarshi bo'lajak o'yin, PFL va "championat.asia" tomonidan o'tkazilayotgan oyning eng yaxshilariga ovoz berishda nega hamkasblarini unutib qo'ygani va PFL reglamenti borasidagi savollarga javob qaytardi.

- "Qo'qon-1912" bilan bo'ladigan bahsga odatdagidek jiddiy hozirlik ko'ryapmiz. "Paxtakor" har qanday jamoaga qarshi jiddiy tayyorlanadi. Bu bahs o'z ochkolarimizni ko'paytirib olishimizga imkon beradigan odatiy o'yinlardan biri. Maqsad turnir jadvalidagi holatimizni yanada yaxshilab olish", - deydi Arveladze.


SHota Arveladze iyul oyining eng yaxshi murabbiyi bo'lish uchun nomzodlar qatoridan joy olgandi. Ammo yakunda Arveladze bu "poyga"da "Lokomotiv" ustozi Andrey Fyodorovga mag'lub bo'ldi. PFL rasmiy sayti chop etgan ovoz berish natijalari ko'ra, Arveladze hamkasblariga ovoz berishda hech kimni tanlamaganiga guvoh bo'lasiz. Aynan shu xususida Arveladze javob berdi.

- "Murabbiylarga ovoz bermaganman? Ha, menimcha o'tkazib yuborganman. Yodimdan qo'tarilgan ekan", - dedi Arveladze.


SHota Arveladze PFL mavsum o'rtasida reglamentdagi "oltin ochkolar" qoidasini o'zgartirish bo'yicha yuborgan xati va takliflarni so'ragani to'g'rimi? degan savolga qo'yidagicha javob qaytardi.

- "Paxtakor" PFLdan xat olgani haqiqat. PFL barcha klublar fikrini bilmoqchi, o'rganmoqchi bo'lgani to'g'ri. Yakuniy qarorni qachon va qanday qabul qilish esa boshqa masala. Bu PFL vakolatiga kiradi. Biz esa barcha klublar singari PFLga javob yubordik. Aniqrog'i, biz ularga o'z taklifimizni emas, balki hozirgi mavjud reglamentdagi "oltin ochkolar" qoidasidan ko'nglimiz to'lyaptimi yoki yo'qligini aytdik. Biz javob xatida hozirgi mavjud format yoqmayotganini aytdik. Rasman qanday javob berilganini aniq bilmadim-u, ammo qisqa qilib aytaman, menga bu format yoqmadi. CHunki biz hozirga qadar 43 ochko to'plaganmiz. "Paxtakor"ni yig'gan 43 ochkosi format tufayli o'z-o'zidan 30 ochkoga aylanib qolishi qilingan mehnatlarni havoga uchirib yuboradi. Bu to'g'rimi? Masalan biz Qo'qonda, keyin Toshkentda "Nasaf"ga qarshi o'ynaymiz. Tasavvur qiling, agarda ikkala o'yinda ham ochko olsak va ular kuchli-oltitalikka kirmasa, unda bu ochkolar ham havoga uchib ketadiku? PFL futbolda eng yuqori turadigan tashkilot. SHu boisdan ham qachon va qanday echimga kelishni ular hal qilishadi", - deya vaziyatga oydinlik kiritdi Arveladze.



SHahboz Beg'amov suhbatlashdi.

Reyting: -56   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика