So’nggi yangiliklar

02:50Иброҳим Ибрагимов: "Сўғдиёна"нинг нозик томонларини ўрганиб чиққандик"  1 02:15Францияда ҳам чемпионат старт олди  0 01:57АПЛ старт олди: "Ливерпуль" мавсумни қийин ғалаба билан бошлади  21 01:33Башар Ресан: "Бу ғалабали йўлни "Андижон"га қарши ўйинда ҳам давом эттирмоқчимиз"  2 01:20"Манчестер Сити" ҳимоячиси "Ноттингем"га ўтиши мумкин  0 01:00"Ал Ҳилол" қачон Қаршига келади? "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги тақвими маълум  1 00:49Уго Экитике - АПЛнинг 2025/26 йилги мавсуми илк голи муаллифи!  1 00:32"Байер" Эрик тен Хаг қўл остидаги илк расмий ўйинида йирик ғалаба қайд этди  2 00:06ЛаЛига қайтди! Илк ўйинда Мадрид жамоаси Каталонияда ғалабага эришди  1 23:57Жованни Леони дунёнинг энг яхши ҳимоячиси кимлигини айтди  1 23:40Ханс-Дитер Флик: "Учта соврин - бошланиш ҳолос"  8 22:59Иван Бошкович: "Бугун биз яхши рақибга мағлуб бўлдик, бундан трагедия ясаш керак эмас"  3 22:30"Ливерпуль" 18 ёшли ҳимоячини 35 миллион еврога сотиб олди  0 22:15"Андижон"га қарши ўйин, "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги имконияти, бугунги ҳимоявий ўйин ҳақида - Камолиддин Тожиев иштирокидаги матбуот анжумани  6 21:47"Андижон"нинг халқаро майдондаги ўйинлари тақвими маълум қилинди  19

"Qo'qon-1912" - "Navbahor" nazorat uchrashuvini 3000 muxlis kuzatdi Yangiliklar

"Qo'qon-1912" - "Navbahor" nazorat uchrashuvini 3000 muxlis kuzatdi

Bugun futbolchilarimiz mavsumlar oralig'idagi ikkinchi nazorat o'yinida “Qo'qon-1912” jamoasi mehmoni bo'lishdi.
Garchi o'yin o'rtoqlik uchrashuvi maqomiga ega bo'lsada, jamoalar “derbi”da bor kuch va mahoratlarini ishga solishga intilishdi. Qolaversa, hech bir futbolchi o'zini ayamagan holda harakat qildi. Aynan shu sababli Tolibjonov ikki nafar o'yinchini maydondan chetlatishga majbur bo'ldi. O'rtoqlik o'yini bo'lganligi sababli, chetlatilgan futbolchilar o'rnini boshqa o'yinchilar egallashdi. Qo'qondagi “Markaziy” o'yingohda o'tkazilgan bahs muxlislarda ham qiziqish uyg'otdi. SHu sababli, uchrashuvni 3000 atrofidagi ishqibozlar kuzatishdi. Jamoamiz garchi mehmonda to'p surgan bo'lsada raqibga qaraganda yaxshiroq tayyorgarlikka ega ekanligini amalda isbotladi. Bu hol hisobda ham o'z aksini topdi. Birinchi bo'limda Mo'ydin Mamazulunov hisobni ochishga erishgan bo'lsa tanaffusdan keyin SHahboz Erkinov va Alisher Mahmudovlar ham muvaffaqiyat qozonib, yakuniy natijani 3:0 bo'lishini taminlashdi. Uchrashuvda betobligi tufayli Tohir SHamsiddinov maydonga tusha olmadi.

“Qo'qon-1912” – “Navbahor” – 0:3 (0:1). 14 yanvar. Qo'qon. “Markaziy” o'yingoh.
Hakam: R.Tolibjonov.
“Navbahor”:
Doniyor Usmonov, Bobur Akbarov, Alisher Samatov, Rahmatullo Berdimurodov, Dilshod Jabborov, Azam Aliev, Robbim Hasanov, Azim Ahmedov, Ilhom Boydadaev, SHahboz Erkinov, Mo'ydin Mamazulunov. Zaxiradan maydonga tushganlar: Xurshid Xo'jaev, Sardor Telyakov, Otabek Valijonov, Omon-Biik Halilov, Ibrohim Ismoilov, Muhammad Rasulov, G'ayrat Jo'raev, Qahramon Mahammadjonov, Anvar Hojimirzaev, Botir To'raboev, Aziz Turg'unboev.
Gollar: M.Mamazulunov (44), SH.Erkinov (56), A.Mahmudov (66).
CHetlatishlar: B.Akramov (39) – OValijonov (62).
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика