So’nggi yangiliklar

10:53Роберто Манчини Россия клубида иш бошлаши мумкин  1 10:24Жароҳати сабаб янги мавсум стартини ўтказиб юборадиган футболчилардан иборат рамзий жамоа  0 09:55Превью. Бугун "Сўғдиёна" Тошкентда "шерлар" меҳмони бўлади  2 09:26"Андижон" футболчилари ОЧЛ 2 қуръасидан олдин ўз фикрларини билдиришди  4 08:57"Манчестер Сити" футболчисини 70 миллион еврога сотмади  2 08:28Александер Исак "Ньюкасл"га бойкот эълон қилди  8 07:59Бугун "Насаф" ва "Андижон" халқаро майдондаги рақибларини билиб олишади  11 07:30Суперлига. Бугун 19-турга старт берилади  3 01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  1 01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  6 00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  20 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  3 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   3 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1

"Qo'qon-1912": Hamkorlik yangi pog'onaga ko'tarilmoqda Yangiliklar

"Qo'qon-1912": Hamkorlik yangi pog'onaga ko'tarilmoqda

Teglar :  Qo'qon-1912EVO+
“Qo'qon-1912” jamoasi oliy ligaga qaytganidan so'ng “EVO+” internet-provayder kompaniyasi bilan o'zaro hamkorlik qilib kelmoqda.

Jamoamizning titul homiysi bo'lgan kompaniya vakillari Qo'qon shahriga tashrif buyurdilar.

“EVO+” internet-provayder kompaniyasi bosh direktor o'rinbosari Aleksandr Nikolaevich Kim ,marketing bo'limi rahbari Zafar  Salmonov  hamda kompaniyaning Qo'qon shahridagi vakili Azizxon Xaliqovlar  jamoamiz vakillari bilan uchrashishni maqsad qilgan edilar. Mehmonlar bilan “Qo'qon-1912” jamoasi matbuot va marketing bo'limi boshlig'i Akramjon Mamadaliev uchrashdi. Uchrashuvda tomonlar o'zaro hamkorlikdan mamnun ekanliklarini izhor etishdi.

“EVO+” internet-provayder kompaniyasi bosh direktor o'rinbosari Aleksandr Nikolaevich Kim “Qo'qon-1912”  futbol klubi bilan hamkorlikdan har ikki tomon manfaat ko'rayotganligini , kompaniya ushbu hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanligini izhor qildi. Har ikki tomon vakillari hamkorlikning istiqboldagi rejalarini belgilab oldilar.

SHuningdek kompaniya vakillari “Qo'qon-1912” jamoasining muxlislar klubi sardori Ilhomjon Qunduzov bilan ham suhbatlashdilar. Ular futbol muxlislar uchun ekanligini , kompaniya muxlislar jamoasini ham qo'llab quvvatlashga tayyor ekanliklarini izhor qilishdi.

Kunning ikkinchi yarmida mehmonlar jamoamizning mashg'ulotlarini kuzatish uchun “Markaziy” stadioniga tashrif buyurdilar. Mashg'ulotlar yakunlangach “EVO” vakillari futbolchilarimiz bilan suhbatlashib , jamoaning har bir o'yinlarini kuzatib borayotganlarini hamda ko'rsatilayotgan natijalardan mamun ekanliklarini aytib o'tishdi. Mehmonlarimiz futbolchilarimizga bo'lajak uchrashuvlarda omad tilab , jamoaning sovrindorlar safidan o'rin olishiga tilak bildirdilar.

Biz ham o'z navbatida  “EVO+” internet-provayder kompaniyasiga o'zaro hamkorlik uchun jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildiramiz . Kompaniyaning kelgusidagi faoliyatida zafarlar yor bo'lishini tilaymiz !


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика