So’nggi yangiliklar

01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  1 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  0 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  2 00:28ОФФА Президенти Ровшан Нажаф ФИФА Президентига миннатдорлик билдирди  0 00:15Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" тарихий ўйинда ишончли ғалаба қайд этди  1 23:53Европа лигаси. "Бетис"да ғалаба, "Рома" ўз майдонида ютқазди ва бошқа натижалар  0 23:25Муҳим ўйинлар олдидан "Ливерпуль"да жуда жиддий йўқотиш бор  3 23:06Анчелотти Бразилия термасининг сардори ким бўлишини маълум қилди  2 22:43Исроил нега мусобақалардан четлатилмаяпти? Инфантино жавоб берди  17 22:14Игорь Иванович Химич — “Нефтчи” футбол академияси директори  3 21:55Чақир, Мбаппе, Хойлунд - ЕЧЛда ҳафта рамзий термаси маълум қилинди  0 21:31ЎФА Фабио Каннаварога қанча муддатли шартнома таклиф қилган? Тимур Кападзенинг термадаги тақдири нима бўлади?  53 21:13Фабрицио Романо: Ўзбекистон термасини "Олтин тўп" соҳиби бошқаради  69 20:56ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  3 20:25Гаиска Мендьета: "Хави МЮда ишлашга ўзини тайёрлаб келмоқда"  4

"Qizilqum" - "Olmaliq" o'yiniga oid... Yangiliklar

"Qizilqum" - "Olmaliq" o'yiniga oid...

Teglar :  Olmaliq
"Olmaliq" uchinchi turda Navoiyning "Qizilqum" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Kon-metallurgiya sanoati homiyligi ostida ishtirok etuvchi ikki jamoa o'rtasida bahslar doimo qiziqarli va kurashlarga boy tarzda kechgan. Bu ikki jamoa shu kungacha elitada 16 marta uchrashgan. 8 uchrashuvda jamoamiz g'alaba qozongan, 2 o'yin durang va 6 bahsda navoiyliklar g'olib bo'lishgan. To'plar nisbati - 28-23 jamoamiz foydasiga. "Olmaliq"ning "Qizilqum" maydonidagi uchrashuvlari statistikasi esa quyidagicha: 1 g'alaba, 1 durang va 6 mag'lubiyat. To'plar nisbati - 10-18.

Bu ikki jamoa safida ham bir qator futbolchilar turli davrlarda to'p tepishgan. 2 aprel kuni jamoamizga qarshi bir qator sobiq futbolchilar maydonga tushishi mumkin. "Qizilqum" tarkibida 2016 yilda ro'yxatdan o'tgan Akmal Rustamov, Georgiy Kvesieshvili, SHerali Jo'raev, Samandar SHodmonov va Sobir Usmonxo'jaevlar turli yillarda "Olmaliq" sharafini himoya etgan. SHuningdek, hozirda jamoamiz tarkibida bo'lgan Ruslan Vagapovda ham sobiq jamoasiga qarshi to'p tepish imkoniyati mavjud.

 Bu bahsni boshqarib boruvchi hakam borasida ham malumotlar bor. Olim Tolibjonov bunga qadar bir marta bu ikki jamoa o'rtasidagi bahsda bosh hakamlik qilgan. 2012 yil Zarafshon shahrida "Qizilqum" 2:1 hisobida g'alaba qozongan. Sanat SHixov va G'ulom O'runov mezbonlarga g'alaba kelturuvchi ikki golga mualliflik qilgan bo'lsa, Zafar Polvonov javob to'pi muallifi bo'lgandi. Umumiy statistika bo'yicha Tolibjonov jamoamizning safarda 5 uchrashuvini boshqargan ekan. SHundan 1 o'yinda g'alaba ("Navbahor" 1:0, 2010y), 1 durang ("SHo'rtan" 1:1, 2013y) va 3 bahsda mag'lubiyat ("Paxtakor" 0:1, 2011y, "Qizilqum" 1:2, 2012y, "Lokomotiv" 0:3, 2013y) qayd etilgan. "Qizilqum"ning o'z maydonidagi uchrashuvlarda Tolibjonov hakamligida 6 o'yindagi statistika quyidagicha: 1 g'alaba ("Olmaliq" 2:1, 2012y), 4 durang ("Dinamo" 1:1, 2013y, "Mashal" 0:0, 2014y, "Buxoro" 1:1 2014y, "Metallurg" 1:1 2015y) va bir mag'lubiyat ("Paxtakor" 1:4 2014y).

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика