So’nggi yangiliklar

19:03"Сўғдиёна" — "Насаф". Таркиблар маълум  0 19:00Суперлига. "Нефтчи" - "Бунёдкор" (матнли трансляция)  6 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  1 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  3 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  0 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  1 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  4 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0

Qirg'iziston o'z tarixida ilk bor Osiyo Kubogi final bosqichiga chiqdi Yangiliklar

Qirg'iziston o'z tarixida ilk bor Osiyo Kubogi final bosqichiga chiqdi

Bugun Osiyo Kubogi-2019 saralashi doirasidagi bitta o'yin bo'lib o'tdi.

Aslida o'tgan yilning 5 sentyabr sanasida bo'lib o'tishi kerak bo'lgan Qirg'iziston - Myanma uchrashuvi siyosiy sabablarga ko'ra qoldirilgandi. Ushbu o'yin bugun bo'lib o'tdi.

Janubiy Koreyaning Inchon shahridagi stadionda o'tgan bahsda Qirg'iziston terma jamoasi raqibini 5:1 hisobida taslim qildi.

SHu tariqa, saralash bahslari tugashiga bir tur qolganida Aleksandr Krestinin boshchiligidagi Qirg'iziston terma jamoasi 2019 yil BAAda bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogi finaliga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Guruhda dastlabki ikki o'rinni olgan jamoalar qita chempionatiga boradi.

Osiyo Kubogi-2019 saralashi
22 mart 2018 yil
Qirg'iziston - Myanma 5:1
Gollar: 
SHamshiev 2, Zemlyanuxin 5, 63, Vitaliy Lyuks 74, Saginbaev 88 - Ziav Zien Xtet 84

So'nggi turda Qirg'iziston o'z maydonida Hindistonni qabul qiladi. Ushbu bahs guruhda kim birinchi o'rinni olishini aniqlab beradi. Myanma esa Makao bilan bahs olib boradi.

#

Jamoa

O'

YU

D

M

T-N

O

1

Hindiston

5

4

1

0

10-3

13

2

Qirg'iziston

5

3

1

1

12-7

10

3

Myanma

5

1

2

2

9-10

5

4

Makao

5

0

0

5

4-15

0


Hozirga qadar Osiyo Kubogi final bosqichiga chiqqan 21ta jamoaninng nomi malum bo'ldi: BAA, Qatar, Janubiy Koreya, Yaponiya, Tailand, Saudiya Arabistoni, Avstraliya, O'zbekiston, Eron, Suriya, Iroq, Xitoy, Hindiston, Livan, Iordaniya, Vetnam, Falastin, Ummon, Bahrayn, Turkmaniston, Qirg'iziston.

Yana uchta yo'llanma sohibi 27 mart kuni bo'lib o'tadigan so'nggi turdan keyin malum bo'ladi.



Reyting: +63   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика