So’nggi yangiliklar

11:21Гвардиола "Палермо"га қарши ўйиндан сўнг Ҳусановни мақтади  0 10:53Расмус Хойлунд фаолиятини Италияда давом эттиришга яқин  1 10:24Артета "Арсенал"нинг трансфер бозоридаги режалари ҳақида фикр билдирди  0 09:54Гвардиола: "Кўплаб футболчилар жамоани тарк этишлари керак"  5 09:25Рио олимпиадаси совриндори "Машъал" машғулотларига қўшилди  2 08:56Тен Хаг "Манчестер Юнайтед"да Роналду билан бўлган можаро ҳақидаги саволга жавоб берди  9 08:27Саудия клуби 28 миллион евролик трансферни амалга оширди  1 07:58Суперлига. Бугун 18-турга старт берилади  1 07:45Ўртоқлик ўйини. "Палермо" - "Манчестер Сити" 0:3  0 07:30Расман. "Ал Насср" навбатдаги трансферини эълон қилди  0 02:03"Манчестер Сити" ўртоқлик ўйинида "Палермо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Ҳусанов майдонда ҳаракат қилди  20 01:25Расман: Нуньес 65 млн евро эвазига "Ливерпул"дан бошқа клубга ўтди  1 01:12"Эшитдик-да". Роналдиньо Тошкентга келади!  8 00:58ПСЖ 40+15 млн евролик трансферни амалга оширди  0 00:03"Барселона" Иньигонинг кетишини эълон қилди. Ҳимоячи "Ал Насср"га ўтмоқда  0

QFF: "Eng yaxshilar munosib taqdirlandi" Yangiliklar

QFF: "Eng yaxshilar munosib taqdirlandi"

Qashqadaryo viloyat futbol federaciyasi yil yakunlariga bag'ishlangan taqdirlash marosimini o'tkazdi. O'zbekiston futbolini qo'llab quvvatlash jamoat fondi viloyat bo'limi bilan hamkorlikda o'tkazilgan tadbirni taniqli futbol sharhlovchisi Husan Temirov olib bordi.
Voha futboli jonkuyarlarini taqdirlash tadbirini Viloyat futbol federaciyasi vice prezidenti Norqul Daminov ochib berdi.

Dastlab, federaciya taqvim rejasiga asosan o'tkazilgan musobaqalar sovrindorlari taqdirlanishdi. “Oltin kuz” turniri “V” guruhida ikkinchi o'rinni egallagan “Binokor” jamoasiga kumush medallar topshirildi. Birinchi o'rinni egallagan G'uzorning “Oq oltin” jamoasiga  diplom, medallar va kubok topshirildi.

Bolalar va o'smirlar sport maktablari o'rtasida o'tkazilgan turnir sovrindorlari-Kasbi BO'FM(2 o'rin) va Qamashi BO'SM(1 o'rin) jamoalariga medallar va kubok topshirilgach, Respublika musobaqalarida munosib ishtirok etgan mini futbol jamoasi - “Do'stlik AIN” vakiliga diplom va esdalik sovg'asi topshirildi.

Viloyat hokimi o'rinbosari G'ayrat Javliev so'zga chiqib, barcha futbol ahlini yakunlangan yil yutuqlari bilan tabriklab, kelgusida Respublika va Osiyo miqyosida yanada katta zafarlar tiladi. SHuningdek Oliy liga, birinchi liga murabbiy va futbolchilaridan eng yaxshilarga sovg'a va diplomlarni topshirdi. Qashqadaryo futbol federaciyasi talqini bo'yicha eng yaxshi murabbiy nominaciyasini bir yo'la to'rt murabbiy qo'lga kiritdi(Ro'ziqul Berdiev, Aleksandr Xomyakov, Muxtor Qurbonov, Vali Keldiev)

Futbolchilar:

Eng yaxshi hujumchi:  Zohir Qo'ziboev

Eng yaxshi yarim himoyachi:  Artur Gevorkyan

Eng yaxshi himoyachi:  Jamol Otaqulov

Eng yaxshi darvozabon:  Eldor Suyunov

Eng yaxshi matbuot kotibi: Aziz Nuriy

Eng yaxshi telemuxbir:  Husan Temirov

SHundan so'ng Banklar o'rtasidagi va Faxriylar o'rtasidagi viloyat birinchiligi g'oliblari taqdirlanishdi. Banklar o'rtasidagi turnirda 14 jamoa ishtirok etgan bo'lsa, ikkinchi o'rinni “Xalq banki” jamoasi, bosh sovrinni “Trast bank” jamoasi qo'lga kiritdi. Faxriylar o'rtasida ikkinchi o'rin Qarshi tuman jamoasiga va birinchi o'rin G'uzor tuman jamoasiga nasib qildi.

Respublika musobaqasida faxrli ikkinchi o'rinni egallagan Qashqadaryo faxriylar terma jamoasiga ham esdalik sovg'alari topshirildi.

Eng yaxshi tuman federaciya deb G'uzor tuman federaciyasi topildi va diplom bilan taqdirlandi.

Eng yaxshi xotin qizlar murabbiysi nominaciyasi bo'yicha bosh sovrin Bahrom Norsafarovga topshirildi. SHuningdek eng yaxshi futbolchi qizlar ham taqdirlanishdi.

Kasaba uyushma jamoalari o'rtasidagi turnir g'oliblari “Gissarneftgaz”(3 o'rin), “SHGKM”(2 o'rin), “Muborakneftgaz”(1 o'rin)ga diplom, kubok va sovg'alar topshirildi.

Navbat Qashqadaryo viloyat futbol federaciyasining asosiy musobaqasi Ikkinchi liganing eng munosiblarini taqdirlashga etib keldi.

Quyidagi nominaciyalar bo'yicha eng yaxshilar taqdirlanishdi:

Umidli yosh hakamlar:  Zufar Eliboev, Komil Rasulov

Eng yaxshi qanot hakamlari:  Farhod Usmonov, Artyom Kalinin

Eng yaxshi bosh hakamlar:   Nayim Qosimov, Janon Hamidov

Eng yaxshi nazoratchi hakamlar:  Konstantin Smirnov, SHuhrat Igamberdiev

“Halol o'yin” nominaciyasi - “Alanga2”

Eng tartibli jamoa - “Binokor”

Eng yaxshi bolalar murabbiyi - SHerbek Yuldoshev(“Neftchi”)

Eng yaxshi liga murabbiyi - Bahodir SHoymardonov(“SHo'rtanFM”)

Eng yaxshi darvozabon: Akbar Abraev (“MashalFM”)

Eng yaxshi himoyachi -  Farrux Abdusalomov (“Nasaf 99”)

Eng yaxshi yarim himoyachi - Jasur Xolto'raev (“SHo'rtanFM”)

Eng yaxshi hujumchi - Siroj Ettiboev(“Nasaf 99”)

To'purar - Bobur Abduxoliqov (“Nasaf 98”) 22 gol

Uchinchi o'rin -  “SHo'rtan FM”

Ikkinchi o'rin -  “Nasaf 99”

Birinchi o'rin - “Nasaf 98”

Qashqadaryo ikkinchi ligasida qanotlarda bosh hakamlarga yordam bergan Zilola Raxmatova,  Dilfuza Ro'zievalar hamda faxriy nazoratchi hakam Irkin Kiyamovga ham esdalik sovg'alari topshirildi.

QFF matbuot xodimi  Olim TOLIPOV

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика