Qatar 2025 yilda FIFAning 2 ta turniriga mezbonlik qiladi
07 mar 14:37
Yangiliklar


Qatar 2025 yilda FIFAning 2 ta turniriga mezbonlik qiladi
3-27 noyabr kunlari Qatarda FIFA U-17 o'smirlar jahon chempionati, 1-18 dekabr kunlari esa FIFA Arab millatlari kubogi bo'lib o'tadi.
Arab millatlari kubogida arab dunyosining eng kuchli 16 ta jamoasi ishtirok etadi, o'smirlar jahon chempionati esa ilk bor kengaytirilgan formatda o'tkaziladi: unda 48 ta milliy terma jamoa qatnashib, 25 kun davomida 104 ta o'yin o'tkazadi.
"Qatar yana bir bor futbol orqali butun mintaqa va jahondagi insonlarni birlashtiradi. Biz futbolchilar va muxlislarga yuqori darajadagi infratuzilma va unutilmas tajriba taqdim etishni intizorlik bilan kutmoqdamiz", – dedi Qatar sport va yoshlar ishlari vaziri hamda ikki turnir tashkiliy qo'mitasi raisi shayx Hamad bin Halifa Al Tani.
Qatar ilgari FIFA-2022 Jahon chempionati, Osiyo Kubogi-2023, Arab millatlari kubogi-2021 va boshqa ko'plab yirik musobaqalarni muvaffaqiyatli o'tkazgandi. Mamlakat kelajakda o'smirlar jahon chempionatining keyingi beshta musobaqasiga, shuningdek, 2029 va 2033 yillardagi Arab millatlari kubogiga mezbonlik qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar