So’nggi yangiliklar

13:45ОКМК "Бунёдкор"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 12:40Тез орада Хитой бош мураббийи эълон қилинади, якуний уч номзод орасида Кападзе бор  18 12:02Хуршид Ғиёсов: "Терма жамоадан чақирув олсам хурсанд бўламан ва ватан учун боримни бераман"  5 11:35"Барселона" де Йонг билан янги шартнома борасида музокаралар олиб бормоқда  2 11:16Авазбек Ўлмасалиев: "Буёғига Суперлигада осон баҳслар бўлмайди"  0 10:47АПЛнинг учта жамоасига "Реал" футболчиси керак  8 10:20Неймар яна жароҳат олди  6 09:53Романо Мессининг "Интер Майами"даги келажаги ҳақида фикр билдирди  1 09:25Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  0 08:56Аморим: "Рим Папаси ҳам мени қароримни ўзгартиришга мажбур қила олмайди"  11 08:28Опта. EЧЛда чемпионлик учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 08:00Легионерлар. Ўрунов жамоаси дуранг ўйнади. Мозговойнинг жамоаси эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  1 07:33Суперлига. Бугун Фарғонада тур ўйини бўлиб ўтади  13 06:40Суперлига. "Шўртан" – "Пахтакор" 0:0  2 01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  7

Qashqadaryo futbol akademiyasida bayram tadbiri o'tkazildi Yangiliklar

Qashqadaryo futbol akademiyasida bayram tadbiri o'tkazildi

Teglar :  Qashqadaryo
Qashqadaryo viloyati bolalar-o'smirlar futbol akademiyasi (futbol mahorat maktabi)da O'zbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilinganligining 31 yilligiga bag'ishlangan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Dastlab, tadbirni  Qashqadaryo viloyati bolalar-o'smirlar futbol akademiyasi (futbol mahorat maktabi)ning direktori,  “O'zbekistonda hizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiy”si  N. Sultonov ochib berdi, hamda tadbir qatnashchilarini O'zbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etdi. 

Ushbu bayram tadbiriga Qarshi Davlat Universitetining Filalogiya fakulteti  O'zbek til va adabiyoti kafedrasi katta o'qituvchisi Filalogiya fanlari bo'yicha falsafa doktori, Dildor Bazarova  hamda Qashqadaryo vohasining sevimli ijodkori, shoiri Turdi Haydarlar ishtirok etdi. Ular o'z so'zlarida har qaysi xalq yoki millatning manaviyatini, uning tarixi, o'ziga hos urf-odat va ananalari, tili, madaniyati va qadriyatlaridan ayri holatda tasavvur qilib bo'lmasligini aytib, ulug' mutaffakir shoirimiz xazrat Alisher Navoiyning o'zbek xalqi manaviy dunyosi, tilining shakllanib rivoj topishida hizmatlari beqiyos bo'lganligini aytib o'tishdi. SHuningdek, bayram tadbiriga tashrif buyurgan Qarshi shahar “Bog'ishamol”MFY raisi Mastura To'xtaeva  ham so'z olib, yig'ilganlarga xalqimizning sevimli shoiri Abdulla Oripovning “Ona tilim” sherini aytib berdi.  

Tadbir so'ngida  Qashqadaryo viloyati bolalar-o'smirlar futbol akademiyasi (futbol mahorat maktabi)ning manaviy-marifiy ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari SHavkat Ro'ziev  Muhtaram Prezidentimiz tomonidan  “Mamlakatimizda O'zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” gi Farmonining mazmun-mohiyati haqida so'z yuritdi. Sportchi-o'quvchilarning o'zbek tili haqidagi aytgan sherlari barchaga birdek manzur bo'ldi.


Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика