So’nggi yangiliklar

13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 13:18Суперлига. Плей-офф: "Арал" – "Бухоро". Таркиблар маълум   6 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  13 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  3 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

Qarshidagi janjal. Ro'ziqul Berdiev hammani aldadimi? Yangiliklar

Qarshidagi janjal. Ro'ziqul Berdiev hammani aldadimi?

"Nasaf" 0:0 "Lokomotiv" uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi hakamlikni tanqid qilib, VAR tizimi ishlamaganini aytdi.

Nasaf

Superliga. 17-tur

29/08/2022, 19:00

0
:
0
Tugadi

Lokomotiv

45'
90'
20'  Akmal Mozgovoy
27'  Mpako Etame Jerom

Bu ijtimoiy tarmoqlarda katta rezonansga sabab bo'lib, ommada referining "ajdarlar"ni "o'ldirgani" to'g'risida taassurot paydo qilganini bilasiz. 


Aslida nimalar sodir bo'lganini bilish uchun voqeaning ichida bo'lgan hakamlardan malumot olishga harakat qilib ko'rdik.

VAR ishlagan

Championat.asia'ga malum bo'lishicha, vaziyat Ro'ziqul Berdiev aytganidek emas. VAR tizimi ishlagan, shunchaki, kadrlarni stadionga o'rnatilgan monitorga uzatish bilan bog'liq texnik muammo paydo bo'lgan. Ammo bahsli vaziyat sodir bo'lgan vaqtda bosh hakam epizodni maxsus planshet orqali ko'rishi mumkin edi.

"Nasaf" tomoni etiroz bildirayotgan vaziyatda VARda ishlagan Rustam Lutfullin ehtimoliy penaltini tekshirib, 11 metrli nuqtani ko'rsatish uchun asos yo'q deb topdi. Ahrol Risqullaev shundan keyingina yakuniy hushtakni chalib, o'yinga nuqta qo'ydi.

Ayrim hamkasblarimiz VAR ishlagan bo'lsa, nega bosh hakam epizodni shaxsan o'zi tekshirmaganiga tushunmayapti. Unutmang, maydonda ishlayotgan referi qaysidir tomon etiroz qilgani uchun vaziyat takrorini ko'rishga majbur emas. U VAR xonasida o'tirgan hamkasbi chaqirgan taqdirdagina bunday ishga qo'l uradi. Kecha Lutfullin penalti uchun asos topmadi. SHu xolos.

Janjal

Uchrashuv yakunlanganidan keyin mezbonlar ustozi maydonga yugurib chiqdi. Efirda tomoshabinlarga Ro'ziqul Berdiev qizil kartochka bilan jazolangani ko'rsatilmadi. 

Biroz avval murabbiy va bosh hakam o'rtasida ro'y bergan suhbatni tingladim. Sadullaevich Ahrolni kurakda turmaydigan so'zlar bilan haqorat qilish barobarida uning qorin qismiga zarba bergan. SHundan keyin referi Berdievga qizil kartochka ko'rsatdi.

Bu bo'yicha O'zFHMdan izoh so'radik. Haqiqatan ham o'yin yakunlangach, hakamlarga nisbatan tajovuzkor harakat bo'lgani tasdiqlandi. Bu o'yindan keyingi raportga ham kiritilgan. Markazdagilarning aytishicha, Ro'ziqul Berdievning ushbu harakati tartib intizom qo'mitasiga oshiriladi. 

Tuhmat?

Uchrashuv oxirigacha VAR tizimi ishlagan (hakamlar o'rtasidagi kommunikaciyani o'zim eshitdim). Bundan tashqari, mezbonlar norozi bo'lgan epizodda penalti ehtimoli tekshirilgan. Demak, etirozga hojat yo'q. Ammo Ro'ziqul aka matbuot anjumanida "portladi". SHundan keyin haqli ravishda savol tug'ildi: "Nasaf" ustozi hammani aldab, FIFA referisiga tuhmat qildimi?

Muallifning telegramdagi kanali → FR| futbol ANALIZI

Muallif :
Reyting: -40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика