Qadrdon jamoalar to'qnashuvi 7 yildan so'ng yana "Istiqlol"ga qaytmoqda. Bugun Farg'onada kim bayram qiladi?
14 mar 16:05
Yangiliklar


Qadrdon jamoalar to'qnashuvi 7 yildan so'ng yana "Istiqlol"ga qaytmoqda. Bugun Farg'onada kim bayram qiladi?
Mavsumni bir xil natija bilan boshlagan jamoalar "Neftchi" va "Qo'qon-1912" "Istiqlol" stadionida maydonga chiqishadi.
O'zaro uchrashuvlar
Superliga doirasida muxlislar Farg'ona derbisiga 30 marotaba guvoh bo'lishgan. Ularning 20 tasida "Neftchi", 6 tasida "Qo'qon-1912" g'alaba qozongan. Yana 4 o'yinda durang qayd etilgan. To'plar nisbati: 73-19, "Neftchi" foydasiga. Jamoalar o'rtasidagi faqat 1 ta o'yinda darvozalarga to'p kiritilmagan. "Shunqorlar" Superliga doirasida so'nggi bor 2018 yil raqibini mehmonda taslim qilishni uddasidan chiqqan. Murod Xolmuhammedovning dubli jamoasiga 2:0 hisobidagi g'alabani taqdim qilgan. Bu hozirgacha jamoalarning "Istiqlol" stadionida kechgan so'nggi uchrashuvi bo'lib turibdi. Malumot uchun, 2022 yilgi o'yinga Yaypandagi "O'zbekiston" stadioni mezbonlik qilgan edi. Demak, qadrdon klublar to'qnashuvi 7 yildan so'ng "Istiqlol"ga qaytdi. Vitaliy Levchenko shu paytgacha murabbiy sifatida rasmiy o'yinda bir marotaba "Qo'qon-1912"ga qarshi jamoasini boshlab tushgan va g'alaba qozonmagan (3:3).
"Neftchi" – "Qo'qon-1912" 0:2
Hakamlar: Temur To'xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov, Davron Akmalov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: Oybek Yunusov.
Gollar: Murod Xolmuhammedov 52, - 0:1. Murod Xolmuhammedov 60 penalti, - 0:2.
"Neftchi": Abdumavlon Abdujalilov, Shukurali Po'latov, Jalil Kimsanov (Dilyorbek Ermatov, ), Anvar Berdiev, Abror Ismoilov, Islom Toshpo'latov (Abdurahmon Abdulhaqov, 65), Doston Abdurahmonov (Husniddin G'ofurov, 46), Bobur Yuldashev, Shodiyor Xojimatov, Sherzod Hakimov, Doston Tursunov
Zaxira: Farruh Turdaliev, Jamshid Qobulov, Andrey Sidorov, Abdujamol Isroilov, Dostonbek Toshmatov, Xurshidbek Asqaraliev
"Qo'qon-1912": O'tkir Yusupov, G'iyos Komilov, Javohir Sidiqov, Oybek Rustamov, Quvondiq Ro'ziev (Bahodir Akramov, 66), Suhrob Berdiev, Murod Xolmuhammedov, Aleksandr Merzlyakov, Darko Gojkovich (Behruz Sadulloev, 40), Jasur Hakimov (Muhammadanas Hasanov, ), Iqbol Malikjonov
Zaxira: Sarvar Karimov, Nosirbek Otaqo'ziev, Firdavs Asadov, Dostonbek Meliqo'ziev, Marko Milich,
Ilk tur xulosalari
"Qo'qon-1912" Superligaga qaytishini "Andijon"ga qarshi vodiy derbisi bilan boshladi. Aytish mumkinki, "shunqorlar" 21 asrda hali raqibiga mag'lub bo'lmagandi. Ular bu ishni yana bir bor davom ettirishdi va raqibiga g'alaba qozonishiga imkoniyat qoldirmadi. Umumiy fonda bir-biriga munosib jamoalar qarama-qarshiligiga guvoh bo'ldik, yani uslub, o'yin tashkil qilish borasida katta farqqa ega bo'lmagan jamoalar o'yinida hisob ham shunga yarasha ko'rinish oldi, 1:1. Deylik "burgutlar"ning legioneri Mehanovichning jarima zarbasi golga aylanganida o'yinning borishi o'zgarardi. Haqiqiy durangga tortadigan bahsni ko'rdik deya olaman.
"Neftchi" shu kuni "Bunyodkor"dan tarkib, futbolchilarning mahorati, tajribasi borasida ustun edi. Lekin bu o'yinda sezilgani yo'q, aksincha "qaldirg'ochlar" o'yin tashkil qilish, to'pni nazorat qilish, pozicon hujumlar borasida raqibidan yaxshiroq ham ko'rindi. Vitaliy Levchenko esa yarim himoyaga urg'u qaratilgan tarkibdan foydalandi, Sayfievning markazga ko'chirilishi esa ko'pchilik uchun kutilmagan holat bo'ldi. "Bunyodkor"da oldinda Kachorri yaqqol forvard sifatida gavdalangan bo'lsa, Amonov, Ashortia hujumning keskinlashishida, oldinda kombinaciya hosil qilishga ko'maklashishdi. Etibor bersak, shu kuni asosiy tarkibdagi 11 nafar futbolchining 6 nafari legioner edi. Qaysidir manoda Zeytullaev o'ziga hos tarkibni tanladi. Darvozada esa o'tgan yilgi o'yinlaridan kelib chiqib Hamidullo Abdunabievni kutgandim. Birinchi bo'limdagi tenglik hisobda aks etdi, 1:1. Ikkinchi bo'lim "Neftchi"ning goli bilan boshlandi, standart vaziyatdan so'ng Ibrohimhalil Yo'ldoshev hisobda oldinga olib chiqdi. Birinchi bo'limda mezbonlar burchak zarbasidan gol urgandi. Shundan so'ng farg'onaliklar o'yin tizginini raqibga topshirdi, natijada "qaldirg'ochlar" 73-daqiqada hisobni tenglashtirdi, 2:2. Bundan tashqari Luis Kachorrida 2 ta vaziyat darvoza ustuni va to'siniga tegishi bilan tugadi. Futbolda to'p bilan emas, to'psiz harakat qilgan jamoa ikki hissa qiynaladi. "Neftchi" tarkibida o'yinda to'liq dominatlik qiladigan, futbol o'ynaydigan ijrochilar jamlanganiga qaramay "Bunyodkor" bu ustunlikni yo'qqa chiqardi.
So'nggi rasmiy o'yin
"Qo'qon-1912" – "Neftchi" 3:3
Yaypan. "O'zbekiston" stadioni.
Hakamlar: Temur To'xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodulla Abdurahmonov, Lochin Dolimov
VAR hakami: Asker Najafaliev
Nazoratchi: Mamur Saidqosimov
Gollar: Shahzod Ubaydullaev (penalti) 10, 0:1, Anvar Xojimirzaev 55, 1:1, Andrey Sidorov (Shohnazar Norbekov) 57, 1:2, Lutfulla To'raev (Izzatilla Abdullaev) 75, 2:2, Sunnatilla Abdullajonov (Izzatilla Abdullaev) 79, 2:3, Shohnazar Norbekov (Sanat Shixov) 84
"Qo'qon-1912": 21.Islom Abdullaev, 7.Jamshid Hasanov, 8.Sanat Shixov, 10.Javohir Sidiqov, 11.Shohnazar Norbekov, 14.Avazxon Mamatxo'jaev ( 9.Andrey Sidorov, 50), 15.Oybek Rustamov, 17.Quvondiq Ro'ziev, 33.Ivan Yosovich, 70.Bilolxon Toshmirzaev (27.Anvar Xojimirzaev, 46), 77.Murod Xolmuhammedov (s)
Zaxira: 1.Muzaffar Abdullaev, 4.Ilhom Vahobov, 5.Slavko Lukich, 6.Dilshod Rahmatullaev, 13.Sardor Azimov, 20.Murodjon Komilov, 22.Sardor Etovqo'ziev,
"Neftchi": 69.Evgeniy Konyukov, 4.Andrey Mishenko, 6.Sirojiddin Qo'ziev (17.Abdulloh Olimov, 90+8), 7.Oybek Qilichev (77.Abror Ismoilov, 46) 13.Lutfullo To'raev (s), 19.Mirzohid G'ofurov, 20.Salamat Quttiboev, 26.Aleksey Larin, 46.Shahzodbek Ubaydullaev ( 11.Izzatilla Abdullaev, 46), 70.Abbosjon G'ulomov, 99.Ulug'bek Hoshimov (21.Muhsinjon Ubaydullaev, (19, 9.Sunnatulla Abdullajonov)
Zaxira: 45.Akbar To'raev, 22.Umar Ahmadxzoda, 31.Nodirxon Nematxonov, 44.Darko Stanoevich,
Ogohlantirish: Lutfulla To'raev ("Neftchi") 13, Ivan Yosovich ("Qo'qon-1912"), Oybek Rustamov ("Qo'qon-1912") 47, Andrey Mishenko ("Neftchi") 61
Chetlatish: Abbos G'ulomov ("Neftchi") 15
Taqvim. Kimda qanday raqiblar?
"Neftchi" Farg'ona derbisidan so'ng 29 mart kuni Qarshiga "Nasaf" maydoniga safar qiladi, 5 aprel kuni "Istiqlol" stadioniga "Navbahor" tashrif buyuradi. "Qo'qon-1912"niki biroz farq qiladi. Bahrom Haydarov shogirdlari 27 mart kuni uyda "Sho'rtan", 4 aprel kuni Termizda "Surxon", 12 aprel kuni uyda "Buxoro" bilan to'qnash keladi. Yani keyingi 3 ta raqibning 2 tasi Pro ligadan birga ko'tarilgan jamoalarga qarshi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar