So’nggi yangiliklar

14:43"Милан" 41 ёшли Тьяго Силвани сотиб олиши мумкин  0 14:12"Барселона" Рэшфордни сотиб олишга мойил  1 13:26Йошко Гвардиол — "Барселона"нинг трансфер мақсади  5 12:58"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди  1 12:25Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди  3 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Челси", "Ман Сити", "Ливерпуль", "Реал" ва бошқалар  0 11:51"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 11:29"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди  8 10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0 10:16Сака "Арсенал" тарихидаги энг кўп маош оладиган футболчига айланади  1 09:49"Арал" тўпурари фаолиятини Суперлигада давом эттиради  0 09:23"Навбаҳор" футболчиси ОКМКни танлади  1 08:56"Хоразм" футболчисига Суперлиганинг 4 клубидан қизиқиш бор  0 08:30"Андижон" дарвозабони Қирғиз Республикасида "Йил футболчиси" бўлди  5 08:02Забиҳилло Ўринбоевнинг "Навбаҳор"даги тақдири маълум  5

PSJ ustozi: “O'tgan mavsum ularni ko'p tanqid qilishgandi. Ammo hozir barchasi joyida” Yangiliklar

PSJ ustozi: “O'tgan mavsum ularni ko'p tanqid qilishgandi. Ammo hozir barchasi joyida”

Franciya Superkubogidagi g'oliblikdan keyin PSJ ustozi Kristof Galte Lionel Messi va Neymar haqida fikr bildirdi.

“Jiddiy uchrashuvda maydonga chiqdik. Buni kutgandik, futbolchilar katta ishtiyoq, qatiyat bilan yondashishdi. O'yinchilar qanchalik ko'p mehnat qilganini ko'rdim. Bu esa men uchun juda ham muhim. Yorqin g'alaba, kubokni Parijga qaytarganimiz yaxshi bo'ldi.

Neymar va Messiga kelsak, o'tgan mavsum ularni qattiq tanqid qilishgandi. Ularni ko'p kuzataman va ular bilan gaplashib turaman. Jamoaviy muhit bo'lishi kerak. 4-5 haftalik ishdan keyin ayni payt hammasi joyida. Ularga o'zini ko'rsatish uchun imkon berish kerak. SHubhasiz, ular katta iqtidorga ega.

Hali tuzatish kerak bo'lgan narsalar bor, ammo umumiy olganda, tayyorgarlik jarayonidan, ushbu g'alabadan va ruhiy holatimizdan ko'nglim to'ldi. Jahon darajasidagi futbolchilar klubga kelganimdanoq mashg'ulotlarni o'tkazib yuborishmadi”, deydi Galte.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика