So’nggi yangiliklar

PSJ "RB Leypcig" futbolchisi uchun kurashga qo'shildi Yangiliklar

PSJ "RB Leypcig" futbolchisi uchun kurashga qo'shildi

PSJ "RB Leypcig" himoyachisi Nordi Mukiele uchun kurashga qo'shildi.

Futbolchiga shuningdek "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirmoqda.

Mukielening "Leypcig" bilan amaldagi shartnomasi kelasi mavsumning so'nggiga qadar mo'ljallangan va bu Bundesliga klubining o'yinchini yozgi transfer oynasida pasaytirilgan narx evaziga sotishi mumkinligini anglatadi.

Parij klubi o'yinchiga Ashraf Xakimining o'rinbosari sifatida qaramoqda. Mukiele shuningdek markaziy himoyada ham o'ynay oladi.

Futbolchi joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 28ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 3ta assist qayd etdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика